TOShKENT, 29 mar - Sputnik. Yevropa Ittifoqi Rossiya energiya resurslari importini taqiqlashni nazarda tutuvchi beshinchi sanksiyalar paketini tayyorlamoqda. Germaniya gazni bosqichma-bosqich to‘xtatish haqida allachon o‘ylagan, biroq hali o‘rnini bosuvchi manbaani topgani yo‘q. Buyuk Britaniya neft mahsulotlarisiz amallab ko‘rmoqchi, buning uchun esa jiddiy iqtisodiy shok bilan tovon to‘lashiga ham to‘g‘ri keladi. Yevropa sanoatiga xavf solmasdan qanday qilib muammoni bartaraf etish yo‘llarini esa topishmadi. Moskva esa bu vaqtda ularga yangi jumboq tashladi.
Ambitsiyali rejalar
Agar “Kiyevni ommaviy bombardimon qilish” boshlansa, Rossiyadan energiya resurslariga embargo e’lon qilinadi, deb yozadi Reuters yuqori martabali yevropalik diplomatga tayanib. Garchi o‘sha manba sanksiyalar Moskvaning Ukrainaga nisbatan siyosatini o‘zgartira olmasligini tan olgan bo‘lsa ham.
Germaniyaning eng yirik energokonserni E.ON Rossiya kompaniyalaridan gaz sotib olishni to‘xtatdi. Norvegiyadan yetkazib kelishga umid qilishgandi. Bu nemislarning zangori olovga bo‘lgan ehtiyojining uchdan bir qismini qoplaydi. Biroq, Bosh vazir Yonas Gar Storening so‘zlariga ko‘ra, ehtiyojni to‘ldirish uchun Osloning yetarli zaxirasi yo‘q.
Germaniyaga tabiiy gaz asosan Gassco quvurlari orqali kiradi: mamlakat shimolidagi Emdenga. Ular deyarli to‘liq yuklangan. Ko‘proq tashish uchun quvvatni oshirish kerak - bu uzoq davom etadigan va qimmat jarayon.
Qatar bilan suyultirilgan gaz (STG) bo‘yicha muzokaralar olib borishga harakat qilib ko‘rishdi. Bundan ham hech qanday natija chiqmadi. U yerdan eksport birinchi navbatda Xitoyga boradi chunki xitoyliklar ko‘proq to‘lashadi.
Qanday qilib uylarni isitish va energiya inqirozining murakkab sharoitida sanoatni qanday ta’minlash mumkin degan asosiy savol hamon o‘z yechimini topmadi.
Kansler Olaf Shols Yevropaning Rossiya energiyalariga qaramligini bir kechada to‘xtata olmasligini tan oldi. Bu yuz minglab ish o‘rinlari xavf ostida qoladi va butun sanoat omon qolish yoqasida degani. Sanksiyalar Moskvadan ko‘ra Yevropa Ittifoqiga qattiqroq ta’sir qilmasligi kerak.
Iqtisodiy shok
Buyuk Britaniyaning biznes, energetika va sanoat vaziri Kvazi Kvarteng va’da qilganidek, mamlakat yil oxirigacha Rossiya importini to‘xtatadi. Garchi britaniyalik The Telegraph granulalangan yog‘och yoqilg‘isini sotib olish bo‘yicha cheklovlar vaziyatni juda qiyinlashtirganini allaqachon ta’kidlab o‘tgan.
So‘nggi yillarda minglab xonadonlar va korxonalar shunday isitish tizimiga o‘tgan, bunga davlatning faol ko‘magi yordam bergan edi. Rossiya esa torf va qishloq xo‘jaligi chiqindilaridan olinadigan bioyoqilg‘ining eng yirik yetkazib beruvchisi edi. Endi inglizlar muqobil yo‘l izlamoqda. Narxlar 25-40%ga oshib, bir tonna uchun deyarli 400 funt sterlingni tashkil qilmoqda. Va bu hammasi emas.
Gaz bilan vaziyat bundan ham battar: narxi besh barobarga oshdi. Aprel oyida issiqlik va elektr energiyasi uchun to‘lovlar kamida 50 %ga oshishi kutilmoqda.
Faqat muammolar
Zangori olov kotirovkalari narxi hozirda ming kubometr uchun 1,2 ming dollarga yaqinlashdi, mart oyi boshida rekord darajadagi to‘rt mingga yetdi. Eng yirik invesbanklar va tovar tahlilchilarining fikriga ko‘ra, Rossiya neftidan voz kechish qora oltin uchun - bir barrel 300 dollargacha bo‘lgan o‘ta yuqori narxlarni va’da qilmoqda.
Agar Jo Bayden Yevropani Moskva bilan munosabatlarni batamom uzishga ko‘ndirsa, haqiqiy inqiroz boshlanishi mumkin. “Bozorlar muvozanatlashgan, ortiqcha resurslar yo‘q, har qanday voz kechish yoki kamaytirish narxlarning oshishiga olib keladi – bir barrel uchun 300 dollar, ham 500 dollar ham bo‘lishiga olib keladi”, — deydi energetika vaziri Aleksandr Novak.
2021 yilda Yevropa Ittifoqi Rossiyadan deyarli 100 milliard yevroga energiya resurslarini import qildi. Yarimdan ko‘pi xom neftdan, qolgan qismi neft mahsulotlari, tabiiy gaz va ko‘mirdan. Asosiy iste’molchilar - Niderlandiya, Germaniya, Fransiya va Polsha.
AQSh hamon nima qilishni bilmayotir. Hatto Venesuelaga ham murojaat qilindi. Biroq savdolashishning iloji bo‘lmadi - Nikolas Maduro Vashington tomonidan “shubhasiz, bajarib bo‘lmas” deya atalgan shartlarni qo‘ydi: rasmiylarga qarshi barcha sanksiyalarni bekor qilish va PDVSA davlat kompaniyasi ustidan to‘liq nazorat qilish kabi.
Bayden siyosatini deb oddiy amerikaliklar aziyat chekmoqda. Yoqilg‘i quyish shoxobchalarida benzin narxi rekord summagacha oshdi.
Uzoqqa yetmaydi
Rossiyaga qarshi neft va gaz jazavasi hovuridan tushishni boshlashi mumkin. JP Morgan ning fikricha, Rossiya energiya resurslaridan “ekstremal tarzda voz kechish” uzoq davom etmaydi. Aprel oyida sutkalik taqchillik uch yarim million barreldan ikki barrelga, may oyida va undan keyin esa bir barrelga kamayadi. “Normal” ssenariyga ko‘ra, ikkinchi chorakda bir barrel Brent o‘rtacha 114 dollar, yil oxiriga kelib 101 dollarni tashkil qiladi.
Embargo haqida fikr yuritib, G‘arb Moskvaning gazni Rossiya valyutasida to‘lash bo‘yicha yangi talabini hal qilishga harakat qilmoqda. Bu Brusselni hayratda qoldirdi. Der Spiegel yozganidek, dovdirab qolgan xaridorlar shuncha rublni qayerdan olishini bilmay qoldi. Dushanba kuni Germaniya energetika vaziri Peter Altmayer G7 davlatlari bu shartni bajarmoqchi emasligini ma’lum qildi.
Moskva ham yoqilg‘ini tekinga berish niyatida emas. “Bunday vaziyatda umumevropa xayriya ishlari bilan shug‘ullanishmiz deyarli mumkin emas va maqsadga muvofiq emas”, dedi Kreml.
Ayni paytda Rossiya sanksiyaga qarshi yana bir zarba berdi. G‘arbning valyuta zaxiralarini muzlatib qo‘yishiga javoban Markaziy Bank do‘stona bo‘lmagan mamlakatlarga mablag‘lar harakatini chekladi. Endi xorijliklar qimmatli qog‘ozlarni sota olmaydi va chet elga pul o‘tkaza olmaydi.