Kadastr agentligiga yangi direktor tayinlandi

"O‘zdonmahsulot" kompaniyasi boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelgan Farrux Po‘latov Kadastr agentligiga direktor bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Farrux Po‘latov Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
Shu kunga qadar Po‘latov "O‘zdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi sifatida faoliyat yuritgan.
Kadastr agentligi sobiq direktori Fazliddin Umarovning Samarqand shahrining hokimi etib tayinlangan edi.
1979 yilda tug‘ilgan Farrux Po‘latov "O‘zdonmahsulot" raisi lavozimiga kelgunga qadar Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti (hozirgi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti) Farg‘ona boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan. Shuningdek, Farg‘ona va Namangan viloyatlari prokuratura organlarida turli lavozimlarda mehnat qilgan.