TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Istanbulda Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha Moskva va Kiyev delegatsiyalarining muzokaralari yakunlandi. Rossiya delegatsiya rahbari, Rossiya prezidenti yordamchisi Vladimir Medinskiy uchrashuvni mazmunli deb atadi.
Medinskiyning so‘zlariga ko‘ra, Moskva mojaro keskinligini kamaytirish uchun Kiyevga nisbatan ikki qadam oldinga tashlamoqda.
“Muzokaralar mazmunli o‘tdi. Biz Ukraina tomonidan ko‘rib chiqish uchun takliflarni oldik. Bu takliflar yaqin vaqt ichida ko‘rib chiqiladi, prezidentga yetkaziladi va bizning tegishli javobimiz beriladi”, - dedi u.
Rossiya delegatsiyasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Moskva davlat rahbarlarining uchrashuvini tashqi ishlar vazirlari tomonidan shartnomani tasdiqlash bilan bir vaqtda o‘tkazishni taklif qilgan.
Istanbuldagi Dolmabahche saroyida Rossiya va Ukraina delegatsiyalarining navbatdagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Ular qariyb uch soat davom etdi.