Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Istanbulda Rossiya-Ukraina muzokaralari boshlanmoqda – video

Istanbuldagi Dolmabahche saroyida Rossiya va Ukraina delegatsiyalarining navbatdagi muzokaralari bo‘lib o‘tmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Rossiya va Ukraina delegatsiyalari Istanbuldagi Dolmabahche saroyiga muzokaralar uchun yetib kelishdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
Moskva va Kiyev vakillari oldida Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an nutq so‘zlagan.
“Muzokaralar natija keltiradigan fursat yetdi. Turkiyada biz buni chin dildan istaymiz va ko‘maklashishga tayyormiz. <...> Ular Rossiya va Ukraina yetakchilarining uchrashishiga yordam berishi mumkin. Turkiya uni (uchrashuvni – tahr.) qabul qilishga tayyor”, - dedi Erdog‘an.
Turkiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadagi mojaroning cho‘zilishi “hech kimga naf keltirmaydi”.
Rossiya va Ukraina delegatsiyalari Belarusda uch marta muzokaralar o‘tkazishdi. Keyin muzokaralar onlayn davom ettirildi. Bundan tashqari, 10-mart kuni Antaliyadagi Diplomatik forum davomida Rossiya va Ukraina TIV rahbarlari Sergey Lavrov va Dmitriy Kuleba uchrashishdi.
Rossiya 24-fevral kuni Ukraina harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish va uni millatchilik g‘oyalaridan tozalash uchun maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, zarbalar faqat harbiy obyektlar va ukrain qo‘shinlariga berilmoqda.