Buxoroga “Butunjahon hunarmandlar shahri” maqomi beriladi

Ekspertlar Buxoro shahri hunarmandchiligining qadimiy ildizlari hamda uning hozirgi kundagi rivojini tahlil qilmoqdalar.
Sputnik
TOShKENT, 29 mar - Sputnik. Buxoroga “Butunjahon hunarmandlar shahri”maqomini beriladi. Bu haqida Buxoro shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu maqsadda shu kunlarda Butunjahon hunarmandlar Kengashi Prezidenti Saad-al Kaddumi boshchiligidagi xalqaro o‘rganish hay’ati a’zolari Buxoro shahrida bo‘lib turibdi.
Tashrif davomida hay’at a’zolari Buxoro shahridagi hunarmandchilik maktablari, markazlar, hunarmandlar bozorini ko‘zdan kechirishdi. Shu bilan birga, xalq amaliy san’ati vakillari faoliyati, ularga yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlarni o‘rganishmoqda.
Aytilishicha, Xalqaro o‘rganish hay’ati a’zolari Buxoro shahri hunarmandchiligining qadimiy ildizlarini hamda uning hozirgi kundagi rivojini tahlil qilib, baholaydilar. Uni Butunjahon hunarmandlar shahri ro‘yxatiga qo‘shish haqidagi xulosalarini berishadi.
Ma’lumot o‘rnida, prezidentning 2021-yil 29-apreldagi qaroriga ko‘ra, 21-25 may kunlari Buxoro shahrida xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali o‘tkaziladi. Festival doirasida ilmiy-amaliy konferensiya, ko‘rik-tanlov, taqdimot va ko‘rgazmalar, teatrlashgan konsert-tomosha dasturlari, madaniy-ma’rifiy va targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini o‘tkazish ham kutilmoqda.