Buyuk Britaniyaning eng keksa fuqarosi, 112-yil umr ko‘rgan Bob Ueyton o‘zining uzoq umr ko‘rish sirlarini Sky News ma’lum qilgan edi. Intervyu vaqtida Ueyton 111 yoshda bo‘lgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u o‘zining uzoq hayoti davomida qo‘ldan kelguncha o‘limga chap berib kelgan.
“Men ham boshqalar kabi shamollash, gripp, bezgak kasalligiga chalinganman. Men ikki marta jarrohlik amaliyotini ham boshdan kechirdim”, - deydi Ueyton.
U qiyinchiliklarga qarshi kurashchi, hayotga tashna bo‘lmaganida, allaqachon bu olamni tark etgan bo‘lishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.
“Bo‘tqa va sevimli ish ham katta yordam beradi”, - deya ta’kidladi Bob.
Sobiq o‘qituvchi va muhandis Ueyton hozirgacha yog‘ochdan mayda-chuyda buyumlar yasaydi va ularning sotib kun ko‘radi. Ueyton o‘zi uchun yeguliklarni o‘zi tayyorlaydi va "Bob, 111 yosh" yozuvla aravacha bilan oziq-ovqat do‘koniga borib keladi.
Bobning ikki o‘g‘li, bir qizi, 10 nafar nabira va 25 nafar evarasi bor. Uzoq umr ko‘rgan otaxon diqqat markazida bo‘lishni yoqtirmasligi tan oldi. U hatto qirolicha Elizaveta II dan uning tug‘ilgan kuni munosabati bilan tabrik xatlarini jo‘natmaslikni so‘ragan.
Bob Ueyton 2020-yil 28-may kuni 112 yoshida vafot etdi.