Oq uyning AQSh siyosati o‘zgarmaganligi va Rossiyada hokimiyat almashinuviga intilmayotgani haqidagi bayonotlari hech kimni ishontira olmadi - Jo Baydenning Varshavada aytgan so‘zlari ta’sirini yumshatish borasidagi urinishi hisobga olinmadi. Chunki AQSh prezidenti Vladimir Putinni bir yil avval “qotil” deb atagan va so‘nggi bir oy ichida yana ko‘plab epitetlarni ishlatgandi. “Harbiy jinoyatchi”, “qotil diktator”, “kallakesar” – shu sababli Bayden shanba kuni Polsha poytaxtidagi nutqi so‘nggida matndan orqaga chekinib, “Xudo haqqi, bu odam hokimiyatda qola olmaydi”, deb xitob qilganida, hech kim hayratlangani yo‘q. Albatta, “Prezident Putinga qo‘shnilari yoki mintaqasi ustidan hukmronlik qilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerakligini nazarda tutgan” deb darhol ishontirishga uringan Oq uy xodimlaridan tashqari. Bayden ma’muriyatining ta’kidlashicha, u Putinning Rossiyadagi hokimiyati yoki rejim o‘zgarishini muhokama qilmagan. Ertasi kuni Baydenning o‘zi rejimni o‘zgartirishga bo‘lgan chaqiriqlar haqidagi savolga salbiy javob berdi.
Nega Bayden o‘z so‘zlaridan qaytdi? Chunki AQSh hamon Ukrainada Putinni mag‘lub etish – ya’ni bu davlatning bir qismini o‘z ta’sirida saqlab qolishidan umidvor. Ularning fikricha, buning uchun, Putinni burchakka haydamaslik, Moskvani esa Zelenskiy bilan tinchlik bitimi tuzilganidan keyin sanksiyalarniqisman olib tashlash umidida qoldirmaslik kerak. Bunday mantiq mutlaqo noto‘g‘ri, chunki bu mantiq Kremlda AQSh bilan sanksiyalar haqida bo‘lmasa ham, Ukraina bo‘yicha kelishuvga erishish mumkinligi haqida illyuziyalar borligidan kelib chiqadi. Ammo harbiy operatsiya boshlanganining o‘zi Vladimir Putinda AQSh bilan kelishuvga erishish mumkin emasligi haqida zarracha shubha bo‘lmaganidan dalolat beradi. Aynan shu sababli Ukraina taqdiri Moskva va Vashington o‘rtasidagi muzokaralar yoki parda ortidagi munosabatlarda emas, balki jang maydonida hal qilinyapti.
Aslida, Bayden ham buni tushunadi – va shuning uchun Putinni to‘g‘ridan-to‘g‘ri haqorat qilishga harakat qiladi. U shu yo‘l bilan Putinning g‘azabini keltirmoqchimi? Bunisi dargumon. Anglo-sakslar Putinning xarakteri va strategiyasini yomon tushunishiga qaramay, ular uning yuqori darajada o‘zini munosib tutishiga ishonch hosil qilishlari mumkin edi. Shu bois, haqorat va Putinni hokimiyatdan chetlatish haqidagi chaqiriqlar Rossiya va uning prezidenti bilan hech narsa qila olmasligini anglab yetgan alamdan xalos bo‘lishning so‘nggi usuli bo‘lib qolmoqda.
Va bu shu bilan birga, atlantikachilarning Putinning almashishi borasida garov o‘ynashi juda muhim bo‘lganiga qaramay - va ular bu borada qo‘llaridan kelgan hamma narsani yo‘qotishdi. Rossiya iqtisodiyotiga shunday qattiq zarba berish kerakki, bu ichki tartibsizliklarga, “yuqori”da to‘ntarishlarga olib kelsin qabilida. Aynan mana shu “dohiyona” fikr 2014-yilda Obama-Bayden ma’muriyati Rossiya va “Putin oligarxlari”ga qarshi sanksiyalar qo‘llaganida ham bo‘lgan. Ish bermagan
Biroq, 2022-yilda ham anglosakslar yana shu mantiqqa amal qilishmoqda - va nafaqat “Putin uchun rus xalqi tovon to‘laydi” kabi, balki Rossiyada ham, G‘arbda ham, ikki uyda yashaygan har qanday boy ruslarga zarar yetkazishga urg‘u beradi. Tushunishmaydiki, ularning aksariyati Putinga qarshi kayfiyatda bo‘lgan, agar butun Rossiyaga qarshi bo‘lmagan bo‘lsa, albatta. Ya’ni, “o‘zingnikini kaltakla, shunda begona qo‘rqadi” - bu holatda o‘sha begonalar Rossiyaning vatanparvar bo‘lmagan fuqarolari ekanligi aniqlandi.
Chunki Putinga qarshi sanksiyalardan asosiy zararni G‘arbning o‘zi – energotashuvchilar narxining ko‘tarilishida emas, balki g‘arbdan tashqari dunyoning qolgan boshqa mamlakatlarining dollar va G‘arb valyutalariga, anglo-sakslar tomonidan qurilgan butun jahon moliyaviy tizimga ishonchi susayganida ko‘radi. Va bu G‘arb uchun shuni anglatadiki, ular Putinni nishonga olishgan edi, ammo unga o‘zlari borib urilishdi.
Putin esa g‘arbiy bo‘lmagan dunyo uchun diktator emas, balki anglo-sakslar gegemonligiga qarshi kurashgan, atlantikachilar hech narsa qila olmaydigan insonga aylandi. Ya’ni, Putin endi faqat Rossiyaning emas, balki butun G‘arbga qarshi dunyoning yetakchisiga aylanmoqda. Bu paytda esa Bayden o‘zini Rossiyani yakkalagandek ko‘rsatishda va ruslarni “diktatordan qutulishga” chaqirishda davom etmoqda
Qolaversa, bu bilan u uzoq vaqtlardan buyon shug‘ullanib kelgan - 2011-yilda vitse-prezident sifatida u “Putinni olib tashlashga” harakat qilgan. O‘shanda u Moskvaga tashrifi chog‘ida Rossiya Bosh vaziriga yana prezidentlikka nomzodini qo‘ymasligi kerakligiga shama qilgan edi. Putin Baydenga quloq solmadi- ya’ni AQSh prezidentining shundoq ham bilganlarining tasdig‘iga aylandi. AQSh chindan ham Putinni hokimiyatdan mahrum qilishni istaydi, chunki unga kuchli raqib, qarshi chiqishdan qo‘rqmaydigan odam kerak emas.
Va bularning hammasi shaxsan Putin haqida emas – G‘arb Rossiya tarixidagi barcha kuchli va mustaqil rahbarlardan nafratlanib kelgan. Ular qotil, jallod va qonxo‘r diktator deb nafaqat Ivan Grozniyni, balki Nikolay I, Aleksandr II, Nikolay II, Lenin, Stalin, Xrushev va hatto Brejnev - ichki siyosati qanday bo‘lishidan qat’iy nazar hammasini shunday atashgan. Rahbariyatimizning tashqi maydondagi xatti-harakatlari anglo-sakson elitasiga tahdid solishi bilanoq, ularni bittalab shaytonlashtirish mexanizmi darhol ishga tushdi. Biz buni yaxshi eslaymiz - va hayratlanmaymiz.
Bir yil avval Baydenning haqoratiga javoban Putin, kim boshqalarni qanday atasa, uning o‘zi shunday dedi. Va shu ma’noda shuni ta’kidlash kerakki, Joning Varshavadagi chaqiruvi Xudo tomonidan va Amerika xalqi tomonidan ham eshitiladi – “bu odam” haqiqatan ham hokimiyatda qola olmaydi.
Yetti oydan so‘ng u Kongress ustidan nazoratni yo‘qotadi va darhol impichment jarayoni boshlanadi. Va bu respublikachilarning Trampga nisbatan Baydenning xuddi shunday harakatlari uchun qasosi bo‘ladi. Tramp bilan bo‘lgani kabi, u muvaffaqiyatli bo‘lolmaydi, biroq charchatadi va Bayden ma’muriyatining kuchini cheklaydi. Keyin esa, 2024-yilda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi. Unda asosiy intriga g‘olibning nomi emas, balki AQSh birligi bo‘ladi. Demak, Putinning Baydenning emas, balki uning davlatining dafn marosimida shamollab qolishi uchun barcha imkoniyatlari bor.