TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Fransiyaning Marianne nashri sharhlovchisi Matias Tepo Rossiya prezidenti Vladimir Putinning gaz uchun to‘lovni rublda qabul qilish to‘g‘risidagi qarorini "kuzirli javob" deb atadi. RIA Novosti xabariga asosan.
Jurnalist aytishiga ko‘ra, G‘arb tomonidan kiritilgan o‘ta qattiqqo‘l sanksiyalarga qaramasdan AQSh va Yevropa harchand kutmasin rubl kursi qulamadi.
"Bu qanday sodir bo‘ldi?" - deb savol bergan Tepo.
Birinchidan, Rossiya kapitallar oqimini nazorat ostiga oldi va bu bilan valyutaning mamlakatdan chiqib ketishini chekladi.
Ikkinchidan, Markaziy bank asosiy stavkani 20%gacha oshirdi. Bu esa milliy valyutani barqarorlashtirishga yordam berdi.
"Chorshanba, 23 mart kuni esa Vladimir Putin kuzirli kartani chiqardi. U yevropaliklarni rossiya gazi uchun rublda pul to‘lashga majbur qilmoqchi!", - deb yozadi muallif.
Ushbu chora kiritilishi bilanoq, rubl kursi 10%ga oshdi, deb qayd etmoqda Matias Tepo.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya 24-fevral kuni Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish bo‘yicha maxsus operatsiyani boshlagan edi. Shundan so‘ng AQSh va G‘arb davlatlari Rossiyaga qarshi iqtisodiy urush boshladi. Bank sektori, Rossiya valyuta zahiralari, yuqori texnologiyali sohalarga qarshi sanksiyalar kiritila boshladi.
Kreml ushbu choralarni misli ko‘rilmagan iqtisodiy urush deb atadi va Rossiya ushbu qadamlarni kutgan edi va har qanday ssenariyga tayyor deb javob qaytarishdi.