Aprel oyida qanday ob-havo kuzatiladi

O‘zgidromet aprel oyida o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutib turgani haqida ma’lumot berdi.
Sputnik
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Joriy yilning aprel oyi asosan quruq va iliq ob-havo bilan boshlanadi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet.
Oyning birinchi haftasida kunduzgi harorat +17...+22 darajadan 23-+28 darajagacha, janubda ba’zi joylarda +30...+33 darajagacha ko‘tariladi.
Faqat 2-aprel kunning ikkinchi yarmida Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida va Farg‘ona vodiysining tog‘oldi va tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘iri yog‘ishi mumkin.
Sinoptiklar prognoziga ko‘ra, keyin aprel oyi harorat tartibi bo‘yicha o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari +3...+8 daraja iliqdan +10...+15 daraja iliqgacha, kunduz kunlari +13...+18 daraja iliqdan +23...+28 daraja iliqgacha, respublika janubida +30...+33 daraja iliqgacha o‘zgarib turadi.
Oyning ayrim kunlarida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Ba’zi joylarda do‘l yog‘ishi ehtimoli ham bor.