TOShKENT, 29 mar - Sputnik. Andijonda uylanmoqchi bo‘lgan qizini olib qochgan yigit va uning do‘stlari 5,4 mln so‘mdan jarimaga tortildi, deb xabar qilmoqda Daryo nashri viloyat sudiga asosan.
Sud xabarida aytilishiga ko‘ra, Jalaquduq tumanida yashovchi 28 yoshli yigit B.J. qarindoshining qizi S.A.ga sovchi qo‘ygan. Qizning ota-onasi sovchilarga rad javobini bergach, yigit ikki nafar do‘sti — D.A. hamda A.K.lar bilan birga qizni otasiga tegishli Damas’da o‘g‘irlab qochgan.
Yigit sudda bergan izohiga ko‘ra, "qizning ota-onasi bunga rozi bo‘lmaganidan so‘ng hamda S.A.ning Rossiyaga ketishini eshitib uni o‘g‘irlab ketishga qaror qilgan"
Sud hukmi uchchala qiz o‘g‘rilariga Jinoyat kodeksining 136-moddasiga asosan (ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to‘sqinlik qilish) aybli deb topilib, unlarning har biriga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari -5,4 million so‘mdan jarima jazosi tayinlangan.