Rossiya kompaniyalari UzFood xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etadi

O‘zbekistondagi ko‘rgazmada jami 55 mamlakatdan 140 dan ortiq kompaniya o‘z mahsulotlarini namoyish etadi.
Sputnik
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. 29-31 mart kunlari “O‘zekspomarkaz”da “Oziq-ovqat, ingrediyentlar va ishlab chiqarish texnologiyalari – UzFood 2022” Xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Uskunalardan tashqari tashrif buyuruvchilar e’tiboriga turli xil tayyor mahsulotlar taqdim etiladi. Qo‘shimchalar va ingrediyentlar, sut mahsulotlari, quruq sut, sariyog‘, makaron, baliq mahsulotlari, dengiz mahsulotlari, sharbatlar, nektarlar, mevali ichimliklar, go‘sht mahsulotlari, yarim tayyor mahsulotlar, zaytun, zaytun moyi, don mahsulotlari, qandolat mahsulotlari, choy va qahva shular jumlasidan
Rossiya kompaniyalari Moskva, Omsk, Kaliningrad, Penza viloyatlari va Oltoy o‘lkasining jamoaviy stendlarini ham taqdim etishadi. Oziq-ovqat mahsulotlari va uskunalari, ichimliklar va qadoqlash yechimlari namoyish etiladi.
Ko‘rgazmada jami 55 mamlakatdan 140 dan ortiq kompaniya o‘z mahsulotlarini namoyish etadi.