Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Navbatdagi Rossiya-Ukraina muzokaralari Istanbulda bo‘lib o‘tadi

Erdog‘an va Putin Rossiya-Ukraina muzokaralarini Istanbulda o‘tkazishga kelishib oldi.
Sputnik
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Rossiya va Ukraina delegatsiyasining navbatdagi uchrashuvi Istanbulda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Turkiya prezidentining kanselyariyasi xabar bermoqda, deya yozadi RIA Novosti.
Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rejep Tayyip Erdog‘an telefon orqali muloqot davomida Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilishgan.
“Suhbat davomida prezidenti Erdo‘g‘on o‘t ochishni to‘xtatish, shuningdek, Rossiya va Ukraina o‘rtasida tezroq tinchlik o‘rnatish va mintaqadagi gumanitar vaziyat yaxshilash zarurligini ta’kidladi, — deyiladi xabarda.
Turkiya "barcha imkoniyatlar bilan" vaziyatning tartibga kelishiga yordam berishga tayyorligini bildirgan.
Avvalroq Rossiya delegatsiyasi rahbari Vladimir Medinskiy navbatdagi uchrashuv 29-30 mart kunlari yuzma-yuz bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgan edi, biroq qayerda o‘tkazilishiga aniqlik kiritmagan edi.
Rossiya va Ukraina delegatsiyalari Belarusda uch marta muzokaralar o‘tkazishdi. Keyin muzokaralar onlayn davom ettirildi. Bundan tashqari, 10-mart kuni Antaliyadagi Diplomatik forum davomida Rossiya va Ukraina TIV rahbarlari Sergey Lavrov va Dmitriy Kuleba uchrashishdi.
Rossiya 24-fevral kuni Ukraina harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish va uni millatchilik g‘oyalaridan tozalash uchun maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, zarbalar faqat harbiy obyektlar va ukrain qo‘shinlariga berilmoqda.

Mavzuga oid:

Medvedev muzokaralardagi Rossiya va Ukraina maqsadlarini aytdi