“Azimut” O‘zbekistonga muntazam parvozlar uchun ruxsatnoma oldi

“Azimut” aviakompaniyasi Rossiyadan Samarqand va Urganchga muntazam parvozlarni bajaradi.
Sputnik
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Rossiyaning “Azimut” aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi. Bu haqda "O‘zaviatsiya" agentligi xabar bermoqda.
Agentlik “Azimut”ga Rostov-na-Donu-Samarqand, Rostov-na-Donu-Urganch, Krasnodar-Urganch va Mineralnie Vodi-Urganch yo‘nalishlarida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ekspluatatsion ruxsatnoma bergan.
Aviakompaniya RRJ-95B havo kemalarida amalga oshiradi.