Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkiloti yarim marafoni bo‘lib o‘tdi – video

ShHT yarim marafoni darajasidagi nufuzli musobaqa O‘zbekistonda ilk bor tashkil etildi.
Sputnik
TOShKENT, 27 mar — Sputnik. Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) xalqaro yarim marafoni o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
ShHT xalqaro yarim marafoni darajasidagi nufuzli musobaqa O‘zbekistonda ilk bor tashkil etildi.
Xalqaro marafonda 21 ta mamlakatdan 2 yarim ming nafardan ziyod kishi qatnashdi. Unda bir qator xorijiy davlat diplomatlari, chet ellik mehmonlar, san’atkorlar bilan bir qatorda sport sohasining taniqli namoyandalari va yulduzlari, qolaversa, yugurish bilan shug‘ullanayotgan faxriylar ham qatnashishdi.
Ishtirokchilar klassik marafon (42 km 195 m.), yarim marafon (21 km 97,5 m), 10 km, ekiden (jamoaviy estafeta) hamda 3 km masofada o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishdi. 1-5-o‘rinlarni egallagan qatnashchilar pul mukofotiga sazovor bo‘lishdi.
Marafon masofasini belgilangan vaqt ichida bosib o‘tgan ishtirokchilarga marra medali taqdim etildi.