Rossiyaning Su-25 lari UQK o‘q-dorilar va qurol-aslaha omborlarini yo‘q qildi – video

Rossiya Mudofaa vazirligi Su-25 hujumchi samolyotlari qanday Ukraina Qurolli kuchlarining o‘q-dorilar va qurol-aslaha omborlarini yo‘q qilganini ko‘rsatdi.
Sputnik
Yerdagi nishonlarni yakson qilish aviatsiya raketa qurollari bilan bajarilgan. Su-25 hujumchi samolyotlari vazifani bajarish uchun tunda parvoz qilishgan.
Rossiya 24-fevral kuni Ukraina harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish va uni millatchilik g‘oyalaridan tozalash uchun maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, zarbalar faqat harbiy obyektlar va ukrain qo‘shinlariga berilmoqda.