TOShKENT, 26 mar - Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainada 24 fevaral kuni boshlangan maxsus harbiy operatsiyaning bir oylik natijalarini e’lonq qildi.
Karta Minoboroni RF
© RIA Novosti/Avrora
Operatsiya birinchi bosqichning asosiy vazifalari bajarildi - Ukraina qurolli kuchlarining jangovar salohiyati sezilarli darajada kamaydi. Bu esa asosiy maqsad - Donbassni ozod qilishga yo‘naltirish imkonini beradi, - dedi MV maxsus vakili Sergey Konashenkov.
Harbiy operatsiya bir oyligi sarhisobi:
LXR hududning 93 % , DXR hududining 54 % - ozod qildi. Ukraina qo‘shinlari 8-yil davomida monolit beton konstruksiyalardan tayyorlangan mustahkam mudofaa isthkomlaridan quvib chiqarildi.
Ukraina Harbiy-havo kuchlari va havo mudofaa tizimi deyarli yo‘q qilindi, Ukraina Harbiy-dengiz kuchlari o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Ukraina armiyasining 70%gacha zaxiralari yo‘q qilindi.
Ukraina armiyasida xizmat qilgan 2416ta tank va boshqa jangovar zirhli texnikadan 1587 tasi, 1509 ta qurol va minomotdan 636 tasi va 535 ta MLRSdan 163 tasi; 152 samolyotdan - 112 tasi, 149 ta vertolotdan - 75 tasi, 36 ta "Bayraktar TB2" dan - 35 tasi, 180 ta S-300 va Buk M1 - 148 tasi yo‘q qilindi.
Bir oy ichida Ukraina qo‘shinlarining yo‘qotishlari qariyb 30 ming kishini tashkil etdi, shu jumladan 14 mingdan ortig‘i - qaytarib bo‘lmaydigan.
Ukrainaga 62 davlatdan 6595 nafar xorijiy yollanma askar va terrorchilar kelgan edi, lekin so‘nggi kunlarda ularning mamlakatdan chiqib ketish kuzatilmoqda.
Rossiya qo‘shinlari Kiyev, Xarkov, Chernigov, Sumi va Nikolayevni qurshab olishdi. Xerson va Zaporoje viloyatining ko‘p qismi ham Rossiya nazorati ostida. Shu tariqa Ukraina kuchlari harakati cheklandi. Shaharlarga hujum qilish rejalashtirilmagan.
Harbiy operatsiyada 1351 nafar Rossiya askarlari halok bo‘ldi, 3825 nafari yaralandi.
G‘arb kuchlari Ukraina havo hududini yopishga urinsa - Rossiya bunga darhol tegishli javob qaytaradi.
Eslatib o‘tamiz, 24-fevral kuni ertalab Rossiya Ukrainani demilitarizatsiya qilish bo‘yicha harbiy maxsus operatsiyani boshladi. Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, qurolli kuchlar faqat harbiy infratuzilma va Ukraina qo‘shinlariga zarba beradi. Rossiya harbiylari ko‘magida DXR va LXR qo‘shinlari Donesk va Lugansk viloyatlarini Ukraina armiyasi va millatchi guruhlaridan ozod qilmoqda. Ukrainani bosib olish haqida gap bo‘lishi mumkin emas, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.