Putinning gaz manyovri G‘arbni lol qoldirdi - Spiegel

Putinning gaz to‘lovlarini rublga aylantirish qarori G‘arb sanksiyalarini puchga chiqaradi - Germani nashri.
Sputnik
TOShKENT, 26 mar - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning nodo‘st mamlakatlar uchun tabiiy gaz uchun to‘lovlarni rublga o‘tkazish haqidagi qarori G‘arb energetika bozorlarida asabiylikni keltirib chiqardi, deb yozadi Germaniyaning Spiegel jurnali.
Nashr mualliflarining ta’kidlashicha, ushbu manyovr Yevropa energetika konsernlari kengashlari va YeI mamlakatlari iqtisodiyot vazirliklarida sarosimaga sabab bo‘lgan va ularning “peshonalarini tirishtirishiga” majbur qilgan. Iqtisodchi Yens Zudekum, jurnalga bergan intervyusida ta’kidlaganidek, Rossiya rahbari "G‘arbni hayratda qoldira oldi".
"Shunday qilib, Putin bizni o‘z sanksiyalarimizni o‘zimiz chetlab o‘tishimizga majbur qilmoqda", - deb tushuntirdi Zudekum.
O‘z navbatida, valyuta eksperti Piter Bofingerning fikricha, Moskva bu kabi harakatlari bilan rublni mustahkamlashga harakat qilmoqda.
“Agar G‘arb mijozlari rublni dollar va yevroga sotib olishga majbur bo‘lsa, u holda Rossiya valyutasiga talab oshadi va shunga mos ravishda uning kursi ham oshadi”, — dedi Bofinger.
Spiegel sharhlovchilari bu maqsadlarga erishish mumkin, deb taxmin qilishdi. Shu bilan birga, iqtisodchi Klaus-Yurgen Gern, ehtimol, bu vaziyatda Markaziy bank Rossiya banklari orqali gaz iste’molchilariga rubl sotishni boshlashini qo‘shimcha qildi, bu esa valyuta kursini barqarorlashtiradi.

"Ammo bu bilan Putin G‘arbni o‘ta og‘ir ahvolga solib qo‘yadi, chunki G‘arb sanksiyalari bema’ni bshlib qoladi", - deya xulosa qildi Gern.

Vladimir Putin hukumat a’zolari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Moskva do‘st bo‘lmagan davlatlarga gaz yetkazib berish uchun to‘lovlarni rublga o‘tkazayotganini aytdi, chunki Rossiya tovarlarini Yevropa Ittifoqi va AQShga yetkazib berish va to‘lovni ularning valyutasida olish mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Shu bilan birga, davlat rahbari Rossiya gazni shartnomalarda belgilangan hajmda va narxlarda yetkazib berishda davom etishini ta’kidladi, chunki mamlakat o‘z obro‘sini qadrlaydi.
24 fevral kuni ertalab Rossiya Ukrainani demilitarizatsiya qilish bo‘yicha harbiy maxsus operatsiyani boshladi. Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, qurolli kuchlar faqat harbiy infratuzilma va Ukraina qo‘shinlariga zarba beradi. Bunga javoban G‘arb davlatlari Rossiyaga qarshi bir qator yangi sanksiyalar kiritdi. Ular orasida Rossiyaning xorijdagi aktivlarini muzlatish, Rossiya banklariga valyuta operatsiyalar o‘tkazishni ta’qiqlash va boshqalar bor.