TOShKENT, 26 mar - Sputnik. Toshkent Investitsiya forumi doirasida “Yangicha ta’lim va kelajak 50+” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Ta’lim tizimidagi joriy islohotlar va yangi texnologiyalarni yaratish kelajakda qanday namoyon bo‘lishi, kelgusi 10-30 yil ichida nimalarga tayyor turish kerakligini muhokama qildilar.
Davra suhbatida Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov, Strategik rivojlanish agentligi bosh direktori o‘rinbosari Aleksey Sim, Inha universiteti rektori Muzaffar Jalolov, xalqaro tashkilotlar, Rossiya va boshqa qator davlat vakillari ishtirok etishdi.
“Dunyo o‘zgarapti, biz ertaga nima bo‘lishini oldindan aniq aytolmaymiz. Pandemiyaning so‘nggi 2-yilida barchamiz bunga guvoh bo‘ldik. Biz bolalarni kelajakka tayyorlashimiz kerak”, – dedi Rustam Karimjonov.
Bugun O‘zbekiston yuqori texnologiyalarning barcha yo‘nalishlarida rivojlanish yo‘lidan bormoqda. Biomexanika, nanotexnologiyalar, vodorod energetikasi kabi tarmoqlar faol rivojlanyapti. Taraqqiyot yuqori malakali mutaxassislarni talab qiladi. Agar shu yo‘nalishda davom etsak, 5-10 yildan keyin bu sohalarda yetakchilar qatoriga kirishimiz mumkin, – dedi Aleksey Sim.