TOShKENT, 26-mart – Sputnik. Bugun Donesk Xalq Respublikasiga Ukraina harbiylarining jinoyatlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish va DXR rahbari bilan suhbatlashish uchun 20ta davlatdan 50ka yaqin xorijiy jurnalistlar guruhi yetib keldi.
DXR rahbari Denis Pushilin jurnalistlar bilan suhbat qildi va "Tochka-U" raketasi kelib tushgan joylar - Gorlovkadagi maktab va Donesk shahridagi Universitetskaya ko‘chasi ko‘rsatdi.
Gorlovka shahrida 25-fevral kuni ukrainalik harbiylar tomonidan o‘qqa tutilishi natijasida ikki o‘qituvchi halok bo‘lgan edi. Doneskda 20 dan ortiq tinch aholi halok bo‘ldi.
Gorlovka shahar ma’muriyatining ta’lim bo‘limi boshlig‘i Mariya Polubanning tushuntirishicha, 8-yil davomida shaharda Ukraina tomonidan terrordan jabr ko‘rmagan birorta maktab qolmagan.
"Shaharimizda 50 ta maktab, 50 ta maktabgacha ta’lim muassasasi va 9 ta qo‘shimcha ta’lim muassasasi mavjud. 8-yil ichida bu muassasalarning har biri Ukraina Qurolli Kuchlari uchun o‘z izlarini qoldirdi", dedi u jurnalistlarga.
Press-tur doirasida g‘arb jurnalistlariga Ukraina harbiylari tomonidan janglar va tinch aholi punktlarini o‘qqa tutgan joylar ko‘rsatiladi. Matbuot vakillari orasida Fransiya, Germaniya, Islandiya, Serbiya, Chernogoriya, Makedoniya, Eron, Turkiya va Chili jurnalistlari bor.