TOShKENT, 25 mar - Sputnik. Avvalo aytish kerakki, axborot tarqatish huquqi fuqarolarga Konstitutsiya va qonunlar bilan berilgan bo‘lib, faqat qonun bilan cheklanishi mumkin. Qaror bilan emas, deb yozgan o‘zining telegram kanalida deputat Rasul Kusherbayev.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolar o‘zlari istagan axborotni olishi, tarqatishi ko‘rsatib o‘tilgan. Bunda cheklovlar faqat axborot konstitutsiyaviy tizimga qarshi, shaxsiy hayotga doir yoki qonunlarda belgilangan boshqa cheklovga aloqador axborotlarni tarqatish cheklanishi mumkin.
Shu sababli uni Hukumat qarori bilan cheklab bo‘lmaydi, dedi Rasul Kusherbayev. Konstitutsiyaviy huquqni cheklash uchun qonun qabul qilinishi kerak.
"Yarani deb butun a’zo kesib tashlanmaydi yohud IIVning YPX xodimlarini tasvirga olishni cheklash bo‘yicha tashabbusi haqida" fikrlarimizni bildirdik.
Budjetdan oylik olib ishlotgan va faoliyati davlat va o‘zga sirlar bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa soha vakillarini xizmat vaqtida tasvirga olib tarqatish ta’qiqlanmaganidek IIV xodimlarini tasvirga olishni ham ta’qiqlab bo‘lmaydi. Sha’n va shaxsiy hayot daxlsizligi esa boshqa masala, aralashtirmang.
Eslatib o‘tamiz, IIVnning YPX xodimlarini suratga olishni cheklashga doir yangi qaror loyihasi muhokamaga kiritilganidan buyon jamoatchilik tomonidan ko‘plab fikrlar bildirilmoqda.