Turkiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilmaydi - Erdog‘an

Turkiya o‘z fuqarolari hamda o‘z tadbirkorlari manfaatlarini o‘ylab Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shila olmaydi.
Sputnik
TOShKENT, 25 mar - Sputnik. Turkiya BMT doirasida Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilmaydi. Bu Turkiya manfaatlariga zid, dedi Erdog‘an.
"Turkiya BMTning ma’lum yo‘nalishlarini sanksiyalar nuqtayi nazaridan baholaydi, lekin Rossiya bilan munosabatlarni chetga surib qo‘ya olmaydi. Chunki bugungi kunda faqat tabiiy gazni nazarda tutadigan bo‘lsak, biz iste’mol qiladigan gazning yarmiga yaqinini Rossiyadan olamiz. Bundan tashqari, bugun biz Rossiya bilan birga “Akkuyu” atom elektr stansiyasini qurmoqdamiz. Biz buni chetga surib qo‘ya olmaymiz.
Buni Makronga aytganimda, u: "Siz haqsiz" deb javob berdi. Bu masalada aql bilan ish tutishimiz kerak. Birinchidan, men fuqarolarimning muzlab qolishiga yo‘l qo‘ya olmayman (Rossiya gazisiz). Ikkinchidan, men sanoatimizni batamom yuklanib qolishiga yo‘l qo‘ya olmayman", - dedi Turkiya yetakchisi.
Eslatib o‘tamiz Ukrainada maxsus operatsiya boshlanganidan so‘ng AQSh va Yevropa davlatlari Rossiyaga qarshi keskin sanksiyalar kiritishni boshladi. Undan tashqari AQSh dunyoning barcha davlatlarini ushbu sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlashga undadi, ba’zilarga hatto bosim o‘tkazishga urinishlar bo‘ldi. Lekin Rossiyaning an’anaviy hamkorlari MDH davlatlari, Serbiya, Venesuela, Kuba, Braziliya, Xitoy, Hindiston, Suriya va yana bir necha mamlakatlar ushbu sanksiyalarga qo‘shilmadi.