Turizm bu ish o‘rinlari degani - ekspert

Ekspertlarning baholashicha, turistik xizmatlar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarflangan har bir dollar turdosh sohalarda taxminan qo‘shimcha uch dollarni keltiradi.
Sputnik
TOShKENT, 25 mar - Sputnik. Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro Investitsion forum doirasida sayyohlik sektoriga investitsiyalarni jalb qilish istiqbollari ham muhokama qilindi.
— Turizm nafaqat daromad keltiradi, balki odamlarni ish bilan ta’minlaydi. Bu sohaga ayollarni jalb qilish muhim. Asosiy maqsad – burokratik cheklovlarni olib tashlash, dedi Boeing mintaqaviy direktori Mario Yebsim.
— Agar odamlar sayohat qilmasa, mehmonxonalar ahmiyatini, odamlar esa ish joylarini yo‘qotadi. Shaxsan men O‘zbekistonda turizm transformatsiyasini kuzatib, barcha o‘zgarishlarni ijobiy baholayman. Bu yerda turizmning rivojlanishi uchun hamma narsa bor, shuning uchun 2022-2023 yillarda biz Buxoroda mehmonxona ochishni rejalashtirmoqdamiz, — aytib o‘tdi "Hyatt" mintaqaviy vitse-prezidenti Punit Tandon.
— Valyuta bilan bog‘liq cheklovlar olib tashlanganidan so‘ng turizm dinamik rivojlanish yo‘liga o‘tdi. Qo‘shnilar bilan munosabatlarning yaxshilanishi – juda katta va foydali ish. Bundan tashqari, sizda O‘zbekistonni boshqa mamlakatlar bilan birlashtiruvchi ko‘plab avialiniyalar bor va bu investorlarda qiziqish uyg‘otadi.
Ma’lumki, O‘zbekistonda 8 mingdan ortiq madaniy meros obyektlari hamda YuNESKO butunjahon merosi obyektlari ro‘yxatiga kiritilgan to‘rtta shahar-muzey bor. Bular respublikaning ulkan sayyohlik-rekreatsion potensialini tashkil qiladi.
Shuningdek, O‘zbekistonda 90 mamlakat fuqarolari uchun vizasiz kirish tartibi o‘rnatilgan. 2014-2019 yillarda O‘zbekistonga keluvchi sayyohlar soni 1,9 milliondan 6,9 millionga yetgan edi.