Qazilma boyliklari O‘zbekistonning "o‘sish nuqtasi" bo‘lishi mumkin

Qazilma boyliklari va birlamchi resurslar sohasida samaradorlikni oshirish asosida kelajakda raqobatbaordosh mahsulotlar ishlab chiqarish mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 25 mar - Sputnik. O‘zbekiston o‘zining foydali qazilmalarni qayta ishlashni takomillashtirish yo‘li bilan yakuniy mahsulot ishlab chiqarishda ustuvorlikka erishishi mumkin. Bu haqida Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan investitsion forum doirasida ekspertlar fikri tinglandi.
Ma’lumki, O‘zbekistonda birlamchi resurslar, xususan, mis, oltin, kumush, sink, fosfatlar, nodir tuproq metallari kaliyi va boshqa minerallarning xilma-xil turlari keng assortimentda qazib olinadi va ishlab chiqariladi.
Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, keyinchalik, texnologik sikl yakunida ushbu resurslar yordamida raqobatbardosh yakuniy mahsulotni ishlab chiqarish uchun yaxshi asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Bir qator sektorlarning yuqori texnologik transformatsiyasi kelajakda ishlab chiqarish geografiyasi hamda qo‘shimcha qiymat jamlangan markazlar o‘zgarishiga olib keladi. Ishlab chiqarish jarayoni avvalgiga nisbatan kamroq quvvat, material va mehnat talab qilishi, arzon ishchi kuchidan foydalanish qisqarishi kutilmoqda.
O‘zbekiston Investitsiya va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Aziz Voitov aytishiga ko‘ra, qimmatbaho metallardan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish uchun 22 hududda Erkin iqtisodiy zonalar tashkil qilingan.
Bu hududlarda istalgan xorijlik investorlar o‘z investitsiyalarini kiritishlari va imtiyozli sharoitlarda faoliyat olib borishlari mumkin. Erkin iqtisodiy zonalarda biznesni yo‘lga qo‘yish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi Bobir Islomov aytishiga ko‘ra, O‘zbekiston geologik jihatdan 40 % o‘rganilgan mamlakat hisoblanadi. Yana 60 % hududlarda o‘rganishlar olib borish uchun uzoq muddatli dastur ishlab chiqilgan.
Reja bo‘yicha biz geologik ishlarimizni 2 baravar oshiramiz. Shunchaki qazib olmasdan, zahira yaratishni maqsad qilganmiz. Shu yo‘nalishda kelgusida 150 ming oltin zaxiralari, 300 mingdan ortiq tonna mis zaxiralarini yaratishni rejalashtirganmiz.
Mamlakatimiz investor tomonidan taklif qilinadigan tog‘-kon sohasidagi mega loyihalarga tayyor. Bu borada xorijliklar faoliyatini olib borishi uchun hech qanday muammo bo‘lmaydi.
Munozara doirasida so‘zga chiqqan OKMK boshqarma raisi o‘rinbosari Abdulla Azizov yillik mis ishlab chiqarish hajmini 109 ming tonnadan 148,5 ming tonnagacha tonnagacha yetkazilganini va dunyoda elektrmobillar ommalashishi evaziga misga bo‘lgan talab ham ortib borayotganini ta’kidladi. Prognozlarga ko‘ra, kelgusida mis va temir rudasini qayta ishlash bo‘yicha O‘zbekiston birinchi o‘ringa chiqadi. "Lekin biz rekord o‘rnatish emas, yangi konlarni ochishni maqsad qilganmiz", - deydi Azizov.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda 24-mart kuni Xalqaro investitsiya forumi ish boladi. Unda 1,5 mingdan ortiq yirik investor va 56 mamlakatdan oliy darajadagi mehmonlar ishtirok etmoqda.