O‘zbekiston vakili ShHT MATT rahbari lavozimida ish boshladi

Toshkentda ShHT vakillari xalqaro terroristik tashkilotlarning zamonaviy chaqiruvlari va xavfsizlikka tahdidlariga javob berish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni belgilab olishdi.
Sputnik
TOShKENT, 25 mar - Sputnik. O‘zbekiston vakili Ruslan Mirzayev Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (ShHT MATT)ning rahbari lavozimiga rasman kirishishdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".
Xabarda aytilishiga ko‘ra, 25-mart kuni ertalab Toshkentda boshlangan ShHT MATT kengashining 37-majlisida quyidagi mavzularni muhokama qilish rejalashtirilgan:
mintaqaviy xavfsizlik holati;
ShHT makonida terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi mavjud vaziyat:
ShHT davlatlari vakolatli organlarining o‘zaro hamkorligi darajasi;
xalqaro terroristik tashkilotlarning zamonaviy chaqiruvlari va xavfsizlikka tahdidlariga javob berish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni belgilab olish.
Uchrashuvga Hindiston tomoni raislik qilmoqda. Tuzilma ishida Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston vakolatli organlari hamda ShHT MATT Ijroiya qo‘mitasi delegatsiyalari ishtirok etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yil 18-mart kuni Toshkent shahrida ShHT MATT Kengashining 36-majlisi bo‘lib o‘tgan edi.