TOShKENT, 25 mar – Sputnik. O‘zbekistonga 2021-yilda uch baravar ko‘p grippga qarshi vaksina olib kelingan. Bu haqida AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida "Dori-Darmon" AK boshqaruv raisi o‘rinbosari Abdug‘ani Komilov ma’lum qildi.
“Davlat buyurtmasi asosida 2020-yilda 1,3 mln, 2021-yilda 3,66mln. dozadan ortiq grippga qarshi vaksinalarni yurtimizga olib kelindi”, - deyilgan xabarda.
Ushbu vaksinalar bolalar, o‘qituvchilar hamda shifokorlar bepul emlanishi uchun sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlariga yetkazib berilgan va aholi ehtiyojini qondirish maqsadida dorixonalar orqali chakana savdoga chiqarilgan.
Undan tashqari, 2021-yilda 13ta imtiyozli toifa shaxslar uchun 22,9 mlrd. so‘mlik dori va tibbiyot buyumlari bepul berilgan.
Undan tashqari, 2021-yilda 13ta imtiyozli toifa shaxslar uchun 22,9 mlrd. so‘mlik dori va tibbiyot buyumlari bepul berilgan.
Ma’lumot uchun “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi tizimida 2078 ta ijtimoiy dorixona va ularning dorixona shaxobchalari faoliyat yuritadi. Dorixonalarning 1318 tasi (64%) qishloq hududlarida joylashgan. Maxsus jihozlangan avtomobillarda 120 ta ko‘chma dorixona bor. “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi tashkil qilinganiga 100-yil bo‘lgan.