“Azov” jangarilari natsist emas. Chunki ular nemis emas - G‘arb OAVlari

G‘arb matbuoti yana o‘z tomoshasini boshladi: oqni qora qorani oq deb dunyo hamjamiyati chalg‘itmoqda. Hechqisi yo‘q. Nyurnburg 2.0 hammasini joy-joyiga qo‘yadi.
Sputnik
G‘arb "Ukrainani denatsifikatsiyalash" (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) atamasining asossizligini isbotlash uchun favqulodda katta sa’y-harakatlar qilmoqda. Asosiy “argumentlardan” biri shundaki, “Ukraina prezidenti yahudiy” emish. Xuddiki, zamonaviy neonatsizmning yahudiylar masalasiga aloqasi bordek. Negadir hech kim norvegiyalik ommaviy qotil Anders Breyvikning neonatsist ekanligiga shubha qilmagan, chunki u o‘zining no‘noq deklaratsiyasida Isroilni 359-marta tilga olib maqtaganda.
O‘zining Rossiyaga qarshi psevdotarixiy kitoblari bilan mashhur amerikalik yozuvchi Timoti Snayder bu atama borasida bahslashar ekan: “Faqat nemis natsist bo‘lishi mumkin ... Natsist deb 1930-1940-yillarda Germaniya Milliy-Sotsialistik partiyasi a’zosi bo‘lganlar ataladi. Natsistlar bo‘lmagan joyda denatsifikatsiya bilan shug‘ullana olmaysiz” deya umuman paradoksal xulosa yasadi.
Bopladi. Demak, o‘zlarini bevosita shunday deb ataydigan natsistlar va neonatsist tashkilotlar a’zolari, agar ular nemis bo‘lmasa, natsist hisoblanmaydi. Agar inson o‘zini Gitler va “Mayn Kampf” tarafdori deb hisoblasa, uni qanday mafkuraga taalluqli deb hisoblash mumkin? Biz Snayder va unga o‘xshaganlardan yangi “tarixiy” kashfiyotlarni kutib qolamiz.
Masalan, Ukrainaning “Svoboda” partiyasi 1991-yilda Sotsial-milliy partiya sifatida ro‘yxatga olingan. Partiya tarafdorlari esa o‘zlarini sotsial-millatchilar deb atashgan (natsional-sotsialistlar bilan tasodif emas). Uning asosiy ilhomlantiruvchisi Yuriy Mixalchishin Gitlerning "Mayn Kampf"i uning “yo‘l ko‘rsatuvchi kitobi” ekanligini ochiqchasiga tan olgan. Va bu mafkurani qanday atash mumkin? Nahotki Snayder Mixalchishinni sotsialist yoki kommunist deb atasa?
E’tiborli jihati, 2014-yilgi Maydandan so‘ng u Ukraina Xavfsizlik xizmatida (SBU) ishlagan va hozir Mariupolda denatsifikatsiyalashayotgan Azov polkida mafkura bilan shug‘ullangan. Eslatib o‘tamiz, ushbu bo‘linma “Ukraina vatanparvari” neonatsist tashkilotlari va (qanday surpriz!) Ukraina natsizmi mafkurachisi, oq irq hukmronligi borasidagi mehnatlari uchun Oq sardor laqabi bilan mashhur Andrey Biletskiy boshchiligida bo‘lgan “Ijtimoiy-milliy alyans” negizida tashkil topgan.
Aynan “Azov” “denatsifikatsiya” atamasining g‘arbdagi g‘animlari uchun asosiy muammo. Tuzilma ultra-o‘nglar ramzlari ostida faqat irqchilik shiorlariga asoslangan bo‘lib, (“bo‘ri ilgagi” bir qator Yevropa mamlakatlarida taqiqlangan) va hatto 2015-yilning iyun oyida AQSh Kongress rezolyutsiyasida neonatsist tashkilot sifatida rasman tan olingan. Aftidan o‘shanda Snayderni konsultatsiyaga taklif qilishmagan shekilli: u kongressmenlarga “Azov”da nemislar yo‘qligi va demak u yerda natsistlar bo‘lishi mumkin emasligini tushuntirib bergan bo‘larmidi.
Ammo bular 2015-yilda bo‘lib o‘tgan, hozir esa oshkora natsistlar bo‘linmasini yo‘q qilishni denatsifikatsiya deb atash mumkin emasligining sabablarini G‘arb aholisiga tushuntirish kerak. Shunday qilib, tashviqot mashinasi ishga tushdi va jangarilarni oqlashga harakat qildi.
Misol uchun, yanvar oyida Britaniyaning The Times gazetasi “ultra o‘ng jangchilar” va “ultra-millatchi kuchlar” Rossiyaga qarshi kurashga tayyorlanayotganini oshkora tan olgan edi. Va endi esa aynan o‘sha gazeta og‘zidan ko‘pik sachratib o‘z o‘quvchilariga Azov natsistlar bo‘linmasidan oppoqqina va beozorgina armiya tarkibiga aylanganini isbotlashga harakat qilyapti.
The Times ning ishonch bilan ta’kidlashicha, Bileskiyning siyosatga ketishi bilan uning ortidan ushbu natsist strukturasini yaratgan mafkuraviy safdoshlari ham ergashgan, boshqalar esa uning obro‘sini tozalash uchun “Azov” polkidan haydalgan. Ya’ni, sotsial-millatchilar (ular milliy sotsialistlarku) tozalanganmi? Va faqat neonatsistlarning shtandartlardagi “bo‘ri ilgagi” ham ularning sobiq bemaza mashg‘urligini eslatadi.
Niderdlandiyaning NRC gazetasi ham britaniyaliklarga ergashib “Azov” polki: neonatsistlar yoki Ukraina himoyachilari?” nomli maqola chop etdi. Niderlandlar millatchilarning ikkita tanki Mariupol markazida o‘q uzayotgani aks etgan videodan hayratga tushmoqda, bu esa gazetaning keyinchalik sanoat shahrini Rossiya vayron qilgan deb ayblashiga to‘sqinlik qilmaydi (aftidan, fashistlarning tank snaradlari unchalik vayronkor emas shekilli). Maqolaning asosiy messedji shunday, ya’ni: ukrainalik natsistlarni natsistlar deb atash “Rossiya propagandasining pinjiga kirish” degan ma’noni anglatadi.
Va hozir G‘arb matbuotida bunday maqolalar nihoyatda ko‘p. Shu bilan birga, ular bir necha yil avval AQSh Kongressida “Azov”ning butun dunyo bo‘ylab ultra- o‘ng radikallarni yollash va tayyorlash bo‘yicha xalqaro rekruting agentligiga aylangani haqida hisobot taqdim etilganini unutganga o‘xshaydi. Ushbu hisobotdan so‘ng o‘nlab kongressmenlar AQSh Davlat departamentiga mazkur tuzilmani xorijiy terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritishni talab qilib petitsiya imzolagan edi.
Polkning natsist-asoschisi bo‘lgan ota-bobolari o‘z g‘oyalari bilan birga asfalasofilinga ravona bo‘lgani haqidagi ertaklar ham tanqidga chidolmaydi. G‘arb jurnalistlari “Ukraina vatanparvarlari”, keyinchalik “Azov”ni tashkillashtirishda bosh-qosh bo‘lgan, Bileskiyning “Kruk” laqabli tutingan akasi Nikolay Kravchenkoning “Rossiya bosqinchilari bilan jangda” halok bo‘lgani haqida Ukraina tomonining rasmiy bayonotlarini sezmagandek ko‘rsatishdi.
G‘arb matbuoti e’tibor bermaslikka urinayotgan yana bir jihat - Ukraina axborot maydonida odamlarni nafratlanishga yo‘naltirilgan bayonotlar va chaqiruvlarga to‘lib ketganidir. Misol uchun, 24-kanal teleboshlovchisining rus bolalarini so‘yishga, ya’ni genotsid harakatlarini amalga oshirishga chaqirganiga bir haftadan ko‘proq vaqt o‘tdi. Bundan tashqari, teleboshlovchi buni NSDAP mafkurachisi va “yahudiylar masalasining yakuniy yechimi”ning asoschisi Adolf Eyxmanning portreti fonida aytdi va uning amrlariga amal qilishni taklif qildi. Ayni shu paytda hatto Snayderga ham bunday harakatning natsistlik mohiyati ekani haqida bahslashish qiyin bo‘ladi.
G‘arbning asosiy OAVlarida bu janjalning tavsifini topishga urinib ko‘ring-topolmaysiz. Agar Amerika demokratlarining ikkinchi darajali The Bulwark sayti bu so‘zlar kontekstdan yulib olinganini ta’kidlamaganini hisobga olmasa: aytishlaricha, teleboshlovchining bunday “ehtirosli” gaplari yaqin do‘stini yo‘qotgani bilan bog‘liqmish. Ha, “ehtirosi” shu qadar jo‘shib ketganki, hatto dastur mualliflari Eyxmanning portretini taqdimotchi uchun fon sifatida oldindan tayyorlab qo‘ygan. Dastur mualliflarining butun jamoasi shunday qaror qilgan. Vaholanki, keyin hech kim jazolanmadi ham, teleboshlovchi hech narsa bo‘lmagandek ishlab yuribdi. Zelenskiy Isroil knessetidagi nutqi davomida bu borada quvg‘inga uchramadi.
Keyin buning ortidan rus bolalari va ayollarini qatag‘on qilishga o‘xshash chaqiriqlar to‘lqini paydo bo‘ldi. Bir qarasangiz Ukraina chegara xizmati rahbari Sergey Deyneko ijtimoiy tarmoqlarda rossiyalik harbiy xizmatchilarning “xotinlari, bolalari, ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillarini” o‘ldirishga va’da beradi. Keyin esa u go‘yoki xakerlik hujumiga uchraganini bayon qildi. Bir qarasangiz, Kolomoyko 1+1 telekanalining taniqli teleboshlovchisi Natalya Moseychuk rossiyalik uchuvchilarning oilalariga Turkiya va Misr kurortlarida terrorchilik harakatlari bilan tahdid qildi. Teleboshlovchi keyin hatto o‘zini oqlashga harakat qilmadi: axir hammasi joyidaku, agar Germaniya kansleri Olaf Sholsni yodga olmasak, rus bolalarini o‘ldirishga chaqirish genotsid emasku.
Keyin rossiyalik mahbuslarni qanday qilib qiynoqqa solish va qatl qilish haqida bir qator aksilinsoniy chiqishlar paydo bo‘ldi. Gennadiy Druzenko ismli shifokor unga ishonib topshirilgan kasalxonada rus askarlarini bichish bo‘yicha (chunki “ular odam emas, suvaraklar”) buyruq berganini “Ukraina 24” kanali efirida aytganini nimaga ham arzirdi. Rossiyalik auditoriyaning e’tiborini bir narsaga qaratish kerakki, ushbu dastur boshlovchisi Yevgeniy Kiselev rus liberal oqimining mayog‘i hisoblangan. Endi esa u dahshatli chaqiriqlarga javoban shunchaki mo‘ylovini qimirlatib, bosh irg‘ab qo‘yadi. Bu bizning liberallarimiz aslida qanday degan savolga taalluqli.
G‘arb jamoatchiligi bu dahshatli bayonot haqida ham bilmagan bo‘lardi: ular uni soxta rus tashviqoti deb belgilab, ijtimoiy tarmoqlardan o‘chirishni boshladilar. Va Amerikadagi eng mashhur teleboshlovchi Taker Karlsonning Druzenkoning so‘zlaridan iqtibos keltirib aralashgani boshqa bir qator G‘arb OAVlarining bu harbiy jinoyatni tan olishga e’tibor berishga majbur qildi.
Qolaversa, G‘arb jamoatchiligi yana boshqa shunday bayonotlardan xabardor emas: 2016-yilda anesteziolog Aleksandr Chernov kasalxonaga yotqizilgan Donesk ko‘ngilli askarlarini o‘ldirganini ommaga ma’lum qilgan edi. Hech narsa bo‘lmadi, keyinchalik u xotirjamlik bilan Ukraina kanallarida chiqishlar qildi, bo‘lar-bo‘lmas interyular berdi, ya’ni uni mahalliy ommaviy axborot vositalari to‘liq qo‘llab-quvvatladi. G‘arbda esa bu hech qanday shok yoki rezonansga sabab bo‘lmadi.
Bularning hammasini urush va his-tuyg‘ularga to‘nkab qo‘yish mumkin edi. Ammo keling, vaziyatni sakkiz yil davomida Donbass boshidan kechirgan azoblar bilan taqqoslaylik. Vayronkorlik ham bo‘ldi, portlashlar ham bo‘ldi va qancha tinch aholi, jumladan, bolalar halok bo‘ldi! Ammo bu urush vaqtida kimdir DXR va LXR telekanallari efirida ukrainalik chaqaloqlar yoki ayollarni so‘yishga undaganini tasavvur ham qilib bo‘lmaydi. Yuraklarini vahshiyliklarga nisbatan nafrat to‘ldirganiga qaramay, hech kim Ukraina Qurolli Kuchlari harbiy asirlarini o‘ldirishga chaqirmadi.
2014 yil oxiri - 2015-yil boshida Donesk va Lugansk pul qolmay, do‘konlar yopilgan, oziq-ovqat umuman yo‘q bo‘lgan dahshatli vaqtni boshdan kechirdi. Ammo hozirda butun Ukraina bo‘ylab bo‘lib o‘tayotgan “talonchilar” ustidan hech qachon namoyishkorona Linch sudlari o‘tkazilmagan. Qolaversa, hozir bularning barchasi huquq-tartibot idoralari xodimlarining ruxsati bilan amalga oshiriladi: Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Vadim Denisenko suddan tashqari qatag‘onlarni ochiq qo‘llab-quvvatlab, shunday dedi:
“Menimcha, urush davrida talonchini bog‘lash va yechintirish vahshiylik hisoblanmaydi. Afsuski, milliy politsiya kuchlari hamma joyga yetmaydi... Bunday harakatlar talonchilarga jinoiy jazo tahdididan ko‘ra ko‘proq ta’sir qiladi: u jazo shu yerda va ayni paytda bo‘lishini tushunadi. Qolganlarga esa bu ogohlantirish bo‘ladi. Bu oldini oluvchi chora sifatida ishlaydi”. Ya’ni, bu kabi vahshiy chaqiriq va harakatlarning barchasi rasmiy, davlat darajasida qo‘llab-quvvatlanadi.
G‘arb OAVlari esa Ukrainaga nisbatan “denatsifikatsiya” atamasini ishlatishda asos yo‘qligini ta’kidlab, buni sezmaslikka harakat qilmoqda. Axir nemislar Misr kurortlarida bolalarni so‘yib, ayollarni o‘ldirishga chaqirayotgani yo‘qku, ya’ni ular natsist bo‘la olmaydi, deydi Snayder. Va televizor ekranidagi Eyxmanning portreti, “Mayn Kampf” ga bo‘lgan muhabbat va jangovar bo‘linmalar shtandartlaridagi fashistlarning ramzlari shunchaki “ehtirosga berilish” va “tasodif” xolos. Haligacha o‘zini jurnalist deb ataydigan G‘arb OAV xodimlaridan bir narsani so‘rashni istardim: nega bu holatlar haqida auditoriyangizga aytishdan uyalasiz? Balki buning sababi endi auditoriyangizga Rossiyaning Ukrainani denatsifikatsiya qilishi noto‘g‘ri ekanligini isbotlay olmasligingizdadir?