Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Toshkentga keladi

Rossiya delegatsiyasi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etadi.
Sputnik
TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Rossiya delegatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov boshchiligida Toshkentga tashrif buyuradi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar qildi.
Rossiya delegatsiyasi O‘zbekiston poytaxtiga 25-mart kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etadi. Forumning birinchi kunidagi yalpi majlisda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov qatnashdi.
24-26 mart kunlari bo‘lib o‘tayotgan Toshkent xalqaro investitsiya forumida yalpi majlis va sho‘’ba majlislari, davra suhbatlari, taqdimotlar, brifinglar kabi 40 dan ortiq tadbirlar ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston investorlarga 200 dan ortiq jozibador loyiha takliflari havola etadi.
Rossiya va O‘zbekiston viloyatlarini o‘zaro nima bog‘laydi
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil noyabrida Toshkentda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi II hududlararo hamkorlik forumi bo‘lib o‘tgan edi. Rossiya O‘zbekiston iqtisodiyotining asosiy sarmoyadorlaridan biri hisoblanadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, Rossiyaning respublika iqtisodiyotiga to‘plangan sarmoyalari hajmi 10 mlrd dollardan oshadi. Rossiya kapitali ishtirokida tashkil etilgan korxonalar soni so‘nggi to‘rt yil ichida 2,5 baravar ko‘payib, va 2 mingdan oshgan.
Ayni paytda davlatlar 150 dan ortiq qo‘shma loyihalarni amalga oshirmoqda, ularning umumiy qiymati qariyb 14 mlrd dollarni tashkil etadi.
Tashqi savdo aylanmasiga ko‘ra, Rossiya O‘zbekistonning eng yirik hamkori hisoblanadi. O‘zbekistonning 2021-yildagi tashqi savdo aylanmasi 42,1 milliard dollarga yetgan bo‘lsa, shuning 17,9 foizi Rossiya ulushiga to‘g‘ri keladi.