Rossiya nodo‘st mamlakatlarga gazni faqat rublda yetkazib beradi – Putin

Rossiyaga Yevropaga gaz yetkazib berganlik uchun hisob-kitobni rublga o‘tkazadi.
Sputnik
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Rossiya nodo‘st mamlakatlarga gaz yetkazib berish to‘lovini rublga o‘tkazadi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat tovarlarini Yevropa Ittifoqi va Qo‘shma shtatlarga yetkazib berish va to‘lovni dollar va yevroda olishning Rossiya uchun hech qanday ma’nosi qolmagan. Shu bois Rossiya gaz uchun hisob-kitobni rublga o‘tkazishga qaror qilgan.
Rossiya yetakchisi mamlakat gazni boshqa mamlakatlarga ilgari tuzilgan shartnomalarda ko‘zda tutilgan hajm va narxlarda yetkazib berishda davom etishini ta’kidladi.
Neft narxi $300 ga chiqishi mumkin - Novak