TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Rossiya yadro qurolini mamlakat mavjudligiga haqiqiy tahdid yuzaga kelgan taqdirdagina qo‘llashi mumkin. Bu haqda Rossiya prezidenti Dmitriy Peskov CNN telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Bizning milliy xavfsizlik konsepsiyamiz bor. U yerda yadro qurolidan foydalanish mumkin bo‘lgan barcha sabablarni o‘qishingiz mumkin. Ya’ni, agar mamlakatimiz mavjudligiga tahdid paydo bo‘lsa, u konsepsiyamizga muvofiq qo‘llanishi mumkin”, - dedi Peskov.
27 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin yadro qurollarini o‘z ichiga olgan tiyib turuvchi kuchlarni shay holatga keltirishni buyurgan edi. Mamlakat mudofaa vaziri Sergey Shoygu ertasi kuni prezidentga buyruqqa binoan ular shay holatga keltirilgani va jangovar navbatchilikni o‘tashni boshlaganini ma’lum qildi.
Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotnomasida strategik tiyib turuvchi kuchlarning vazifasi Rossiya va ittifoqchilariga hujum qilinganda har qanday qurol bilan, jumladan, yadro qurollari bilan zarba berishni ham nazarda tutishi ko‘rsatilgan.