Vengriya Rossiyaga qarshi energetika sanksiyalarini qo‘llab-quvvatlamaydi

Vengriya tashqi ishlar vaziri: mamlakatimizni energiya bilan ta’minlash xavfsizligini xavf ostiga qo‘yadigan sanksiyalarni qo‘llamaymiz.
Sputnik
TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyatro mamlakat Yevropa Ittifoqining energetika sohasidagi Rossiyaga qarshi sanksiyalarini qo‘llab-quvvatlamasligini ma’lum qildi. Bu haqda u Brusseldagi YeI mamlakatlari TIV rahbarlari yig‘ilishining tanaffusida jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida ma’lum qildi.
“Biz Vengriyani energiya bilan ta’minlash xavfsizligini xavf ostiga qo‘yadigan sanksiyalarni qo‘llamaymiz”, - dedi Siyarto.
Vengriya TIV rahbari hozir uning mamlakati uchun Rossiya nefti va gazidan voz kechish “qizil chiziq” ekani va Vengriya hukumati uni kesib o‘tmasligini ta’kidladi.
Avvalroq Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Rossiyaga qarshi sanksiyalar mamlakatning neft va gaz importiga taalluqli bo‘lmasligi kerakligini ma’lum qilgan edi. Orbanning fikricha, Rossiyaning energetika sektoriga sanksiya qo‘llanishidan Yevropa azob chekadi.
Rossiyaga qarshi sanksiyalar muammolarni hal etmaydi – Chavusho‘g‘li
Eslatib o‘tamiz, Rossiya 22-fevralda DXR va LXRni tan olganidan so‘ng AQSh va G‘arb davlatlari Rossiyaga qarshi keskin iqtisodiy cheklovlar joriy eta boshladi. Ukraina hududi maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan so‘ng esa AQSh va YeI Rossiyaga qarshi maksimal darajada sanksiyalar joriy etdi. Xitoy, Hindiston, Suriya, va yana bir necha davlatlar sanksiyalarda ishtirok etmadi va ularni qoralab chiqdi.
Xitoy AQSh sanksiyalarning asl maqsadini fosh qildi