Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya va Ukraina o‘zaro asirlar bilan almashdi – Moskalkova

Rossiya ombudsmeni rossiyalik 9 nafar harbiy Melitopol meri Ivan Fodorov bilan almashtirilganini tasdiqladi.
Sputnik
TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Moskva va Kiyev o‘rtasida birinchi marta o‘zaro asirlarni almashish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Rossiyaning inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsmen) Tatyana Moskalkova ma’lum qildi, deb yozadi RIA Novosti.
“Birinchi almashinuv bo‘lib o‘tdi: bizning to‘qqiz nafar harbiylarimiz. <…> ularning ba’zilari men tomonidan murojaatlar orqali shakllantirilgan ro‘yxatdan”, – dedi u.
Moskalkova bu ro‘yxatlar, kartochkalar va jarayonlar cho‘zilmasligiga umid bildirdi. Shuningdek, ombudsmen rossiyalik 9 nafar harbiy Melitopol meri Ivan Fodorov bilan almashtirilganini tasdiqladi.
Rossiya 24-fevral kuni Ukraina harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish va uni millatchilik g‘oyalaridan tozalash uchun maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, zarbalar faqat harbiy obyektlar va ukrain qo‘shinlariga berilmoqda. Har ikki tomondan qurbonlar bor.