TOShKENT, 22 mar - Sputnik. Rossiyaga qarshi kiritilayotgan sanksiyalar Rossiyadan ko‘ra, ularni kiritayotgan davlatlarga ko‘proq zarar keltirmoqda. Sputnik Belarus maqolasi asosida.
Chunki Rossiya jahon bozori uchun strategik va o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan qator mahsulotlarning eng yirik yetkazib beruvchisidir. Xususan, tabiiy gaz, bug‘doy, neft va ko‘mir, o‘g‘itlar va hokazo.
1. Dunyoda birinchi o‘rinda:
Tabiiy gaz (203,5 mlrd. m3);
Metallurgiya sanoati mahsulotlari (>50 mln. t)
Bug‘doy (>49 mln. t)
O‘g‘itlar (kaliyli, azotli va aralash - 44 mln. t)
2. Dunyoda ikkinchi o‘rinda:
Neft mahsulotlari (230 mln.t)
3. Dunyoda uchinchi o‘rinda:
Ko‘mir (227 mln.t)
Bugungi kunda Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalar soni rekord natija - 6 mingga yaqinlashdi. Ko‘rib turganimizdek, Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalar hech qanday jiddiy oqibatlarga olib kelmadi. Na iqtisodiy defolt, na giperinflyatsiya, na ommaviy tartibsizliklar.
To‘g‘ri, dollar kursi oshgan, inflyatsiya meyoridan ko‘proq, import avtomobillar, smartfonlar narxi ko‘tarilgan, lekin kundalik hayotda dollar nima kerak? Mashina va smarfonni ham keyinroq yangilash mumkin.
AQSh va Yevropaning o‘zida esa muammolar boshlandi. Benzin, gaz, bug‘doy va o‘g‘itlar narxi kun sayin yangi rekordlar o‘rnatmoqda. Oziq-ovqatlar yetishmovchiligi kuzatilmoqda. Aholi noroziligi oshmoqda.
Rossiya G‘arbsiz yashay oladi, lekin G‘arb-chi?