TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Qozog‘istonning Aqtau dengiz porti O‘zbekiston kompaniyalarining yuk tashish bo‘yicha arizalarini qabul qilishga tayyorligini bildirdi.
“Dunyo” AA xabariga ko‘ra, bu boradagi kelishuv O‘zbekistonning Aqtaudagi bosh konsuli va "Aqtau savdo dengiz porti" kompaniyasi boshqaruv raisi Abay Turikpenboyev o‘rtasidagi uchrashuvda erishilgan.
Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston mahsulotlarini Aqtau porti orqali yaqin va uzoq xorij mamlakatlariga tashish masalalarini muhokama qilishgan.
Aqtau dengiz porti
Aqtau (Qozog‘iston) dengiz porti Kaspiy dengizining sharqiy qirg‘og‘ida, bir qancha xalqaro transport yo‘laklari kesishgan joyda joylashgan. Port orqali quruq yuklar, xom neft va neft mahsulotlar Eron, Turkiya, Rossiya, Ozarbayjon, Turkmaniston yo‘nalishi bo‘yicha tashiladi.