TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Szinpinga mamlakatda yo‘lovchi samolyoti halokatga uchragani munosabat bilan hamdardlik yo‘lladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar qildi.
“China Eastern” aviakompaniyasining Boeing 737 samolyoti Xitoyning Guansi-Chjuan avtonom hududidagi Uchjou shahri yaqinida halokatga uchragan. Uning bortida 132 kishi bo‘lgan.
Hozir qidiruv va qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Hozircha halokat oqibatida qurbon bo‘lgan va jabrlanganlar haqida aniq ma’lumot mavjud emas.