Yevropa yangi migratsion inqiroz uchun pul to‘lashga tayyor emas

Navbatdagi migratsion inqiroz bo‘sag‘asida xudbin va kekkaygan Yevropa uchun inson hayoti sariq chaqaga arzimasligi yana bir bor namoyon bo‘lmoqda.
Sputnik
Hozirgi zamon odami va postindustrial jamiyati uchun uchta haqiqiy sinov bor: tabiiy ofatlar, texnogen halokat va migratsiya inqirozi.
Bunday faavqulodda vaziyatlar davlatdan ham insondan ham bir zumda xudbinlik va ayrim qulayliklardan voz kechib, yuzaga kelgan holatga xotirjam va munosib javob qaytarishni talab qiladi.
Bugun birlashgan Yevropa uchun ana shunday chaqiriqlardan biri yangramoqda: BMT ma’lumotiga ko‘ra Ukrainaning 10 million aholisi yo xorijiy davlatda qochqinga aylangan yoki o‘z davlatida turar joyini o‘zgartirishga majbur bo‘lgan.
O‘zining insonparvarligi va har bir insonga hurmati bilan mag‘rurlanadigan birlashgan Yevropa – o‘zlarining ushbu ruhlantiruvchi shiorlarini ish bilan isbotlashi kerak.
Boshqacha qilib aytganda, birlashgan Yevropa hozir ukrainlarga o‘z quchog‘ini ochishi kerak. Ustiga ustak, vaziyat ana shunday tus olishiga Yevropaning o‘zi ham hissa qo‘shgan. Bir vaqtlar YeI DXR va LXR xalqlariga qarshi jinoyatlarga befarq bo‘lmaganda, ehtimol bugun millionlab ukrainlar o‘z uyi o‘z vatanini tashlab qochmagan bo‘lardi.
Xullas, bugun Yevropada 3 millionga yaqin ukrain ayollari, bolalari va qariyalari qochqin maqomida kirib kelgan. Albatta Yevropa demokratiya, shaxsiy va ijtimoiy erkinliklar gullab yashnagan makon, shuningdek u hamma to‘kin-sochin va boy-badavlat yashashi haqida biz oldin ko‘p eshitganmiz.
Yuqoridagi gaplarning barchasi birlashgan Yevropa haqida odatda biz eshitadigan gaplar. Lekin real hayot qanday?
Keling dastlab birz ortga qaytaylik.
Suriyadagi qonli mojaro boshlanishida ham YeI yordam bergan edi. Ommaga hamma narsa o‘sha muqaddas “inson huquqlari” himoyasi uchun deyilgan bo‘lsa-da, asl maqsad – Damashqdagi rasmiy hukumatni almashtirish bo‘lganini hozir hech kim yashirmaydi. Oqibatda o‘z uyi, o‘z tili va o‘z yeriga ega bo‘lgan millionlab suriyaliklar Yevropa eshigini qoqishga majbur bo‘lishdi.
Yevropa esa, dastlab hushini yo‘qotdi va barcha chegaralarni mahkam berkitib oldi. Bir necha oy davom etgan muhokama va tortishuvlardan so‘ng, o‘sha vaqtdagi Germaniya kansleria Angela Merkelning siyosiyo obro‘yi tufayli demokratik Yevrpaning eshiklari istamaygina ochildi.
Aytish joizki, yevropaliklar tilida “mutlaq nodemokratik” davlat bo‘lgan Saudiya Arabistoni lom-mim demasdan Suriyadan YeIga nisbatan ikki baravar ko‘p qonchiq qabul qildi. Yaqin Sharqning boshqa davlatlari ham chetda qolmadi – yaqin qo‘shni Iordaniya ham bir necha million suriyaliklarni qabul qildi. Qochqinlar ortiqcha yugur-yugursiz, qabul qilindi ularga darhol barcha kerakli hujjatlar berildi. Suriyaliklar qirollikda o‘qishi, ishlashi va umuman yangi hayotni boshlashi mumkin bo‘ldi.
YeIda esa suriyaliklarni qabul qilish katta qiyinchiliklar bilan kechdi. Yevroittifoq jamiyatining o‘zi hatto yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida qolgandek bo‘ldi.
Aynan qochqinlar tufayli Brexit sodir bo‘ldi. Konstitutsiyaviy va demokratik hisoblangan Britaniya fuqarolari suriyaliklarni o‘ziga teng insonlar deb qabul qilishdan bosh tortdi va YeIdan chiqish uchun ovoz berishdi.
Esingizda bo‘lsa, o‘shanda Polsha ham Boltiqbo‘yi davlatlari ham qochqinlarni qabul qilishni istamagan edi. Bunday davlatlarga qarshi chora ko‘rish sifatida YeI rahbariyati qochqinlarni qabul qilish bo‘yicha kvota joriy etgan edi. Axir, ularning o‘z davlatlarini ID* tomonidan qonli jang maydoniga aylanishiga YeIning ham hissasi bor edi-da.
Qochqinlarni bir iloj bilan arzon uylarga joylashtirib, ularga yordam puli bergan YeI muammoni ham qildik deb o‘ylagan edi. Shu vaqt kutilmaganda AQSh Afg‘onistodan qochishni istab qoldi. U yerda esa yuz minglab Amerika hukumatiga ishongan, ular uchun ishlagan fuqarolar esa yana qochqinlar safini to‘ldirdi.
Bugun esa Yevropa yangi, misli ko‘rilmagan inqirozga duch keldi. Bu nafaqat qochqinlarning millionlab kishi ekani tufayli, balkim ular jamiyatning eng nozik va himoyalanmagan qatlami ekani bilan ham bog‘liq. Axir Ukrainani tark etgan fuqarolar asosan ayollar, bolalar va qariyalar. Mana endi vanihoyat birlashgan Yevropa o‘zining haqiqiy mehmondo‘stligini namoyish qiladi, o‘z kollektiv bag‘rining kengligini ko‘rsatadi, degan umid bor edi.
Lekin aslida vaziyat biroz boshqacha tus olmoqda.
Birinchilardan bo‘lib Polsha dod soldi va uning imkoniyat chegarasi to‘lganini ma’lum qildi. Boltiqbo‘yi davlatlari ham qochqinlarni qabul qilishga unchalik shoshilmayapti: “Biz o‘zimiz kambag‘al, yana qochqinlar...”
Vengriyada qochqinlarning ayrimlari (volontorlar va ijtimoiy tarmoqlarga ko‘ra) u yer bu yerga boshlarini suqib, uyiga qaytishni ma’qul ko‘rishmoqda. Hamma bir xil emas albatta, lekin ana shunday tendensiya ham bor.
Hozircha qochqinlarni Yevropaning eng boy davlatlari qabul qilmoqda – Fransiya va Germaniya. Hisobotlarga ko‘ra. Diqqat bilan qaraganda, bunday mehmondo‘stlikning muddati cheklangani aniq bo‘ladi. Yevropa qochqinlarni uch yilgacha qabul qilishga tayyor. Tezlashtirilgan tartibda yashashga ruxsatnoma bir yilga beriladi. Keyin uni yana ikki marotaba uzaytirish mumkin. Undan keyin nima bo‘lishini hech kim bilmaydi.
Qochqinlarga kuniga 20 Yevro posobiya beriladi. Bolalari bilan kelganlarga ikki kishilik posobie to‘lanadi. Agar bolalar soni 2tadan ko‘p bo‘lsa yordam puli miqdori biroz oshadi. Turar joy bepul taqdim etilgan taqdirda ham, bu pullar faqat ochlikdan o‘lmaslik uchun yetadi xolos.
Qochqinlar albatta ish topishlari mumkin. Germaniyada ham Fransiyada ham bunday imkon bor, lekin taklif qilinayotgan ishlarni “orzudagi” ish deyish qiyin. Maosh ham mahalliy aholi bilan bir xil miqdorda to‘lanishiga shubha bor. Bu yevropaliklarning ziqnaligi tufayli emas, shunchaki bu yerda shunday tartiblar o‘rnatilgan. Kelgindi ishchilar mehnati bu yerda yuqori qadrlanmaydi.
Fransiyada marokashlik tosh terar ustalar yoki Germaniyadagi turkiyalik axlat tozalovchilar ushbu holatning ko‘rgazmali namunasi bo‘lishi mumkin.
Xulosa shuki, yetti yil oldin insonparvarlik bo‘yicha imtihondan yiqilgan va pandemiya davrida ham o‘z qo‘rquv va fobiyalarini barchaga namoyish qilgan Yevropa bu safargi inqirozda ham kamsuqumlik bilan o‘z yuzini saqlab qolmoqchi.
Ikkinchi tomondan, o‘z vaqtidan sotqinlik qilish bu, majburiyatni buzish emas kelajakni ko‘ra bilish qobiliyati borlikni anglatadi (shunday anekdot bor).
Nima bo‘lganda ham bugungi keskinlashib borayotgan dunyoda xudbin va kekkaygan Yevropa uchun insonlar hayoti sariq chaqaga arzimasligi yana bir bor namoyon bo‘lmoqda.
*Rossiyada ta’qiqlangan terrorchi tashkilot