Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Bayden: Rossiyaning “Kinjal” raketasini deyarli to‘xtatib bo‘lmaydi – video

Avvalroq Rossiya harbiylari Ukrainadagi maxsus operatsiyada ilk bor “Kinjal”ni qo‘llashgan edi.
Sputnik
TOShKENT, 22 mar — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiyaning gipertovushli “Kinjal” raketasini to‘xtatishning iloji deyarli yo‘qligini ma’lum qildi.
“Uning boshqa har qanday raketa singari kallagi (boyegolovka) bor. Katta farq yo‘q, qolaversa, uni to‘xtatishning iloji deyarli yo‘q” – dedi Amerika rahbari biznes vakillari bilan uchrashuvda.
Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina qo‘shinlarining yerosti o‘q-dorilar omborini yo‘q qilish uchun birinchi marta “Kinjal” gipertovushli ballistik raketalardan foydalanilganini ma’lum qilgan edi.
Rossiya 24-fevral kuni Ukraina harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish va uni millatchilik g‘oyalaridan tozalash uchun maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, zarbalar faqat harbiy obyektlar va ukrain qo‘shinlariga berilmoqda. Har ikki tomondan qurbonlar bor.