TOShKENT, 21 mar — Sputnik. Misr poytaxti Qohirada o‘tkazilayotgan sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogining uchinchi bosqichida Dildora Aripova kumush medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar bermoqda.
“Erkin mashq dasturida ishtirok etgan Aripova o‘zining texnik jihatdan ancha murakkab bo‘lgan chiqishini maromida bajara oldi va yakunda kumush medalni qo‘lga kiritdi”, - deyilgan xabarda.
O‘zbekistonlik sportchi vengriyalik Dorina Boyetsoyegodan ortda qolgan. Kuchli uchlikka kanadalik Lauri Denomi yakun yasab berdi.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha bu musobaqada Oksana Chusovitina tayanib sakrash dasturida kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.