TOShKENT, 21 mar — Sputnik. Yo‘l ta’mirlash ishlari sababli Alisher Navoiy shohko‘chasi va Abay ko‘chasi qisman yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmat xabar bermoqda .
21 mart kuni soat 21:00 dan 24-mart soat 06:00 gacha:
Alisher Navoiy shohko‘chasi Vebster universiteti yaqinidagi svetafordan 31-uygacha bo‘lgan oraliqda;
Abay ko‘chasi "Alisher Navoiy" metro bekatidan Abdulla Qodiriy ko‘chasi bilan kesishmasigacha harakat cheklanadi.
Prospekt Alishera Navoi i ulitsa Abaya budut chastichno zakriti
© Press-slujba xokimiyata g. Tashkent
“Yo‘l ta’mirlash jarayonida haydovchilar aylanma yo‘llardan foydalanishlari mumkin”, - deyilgan xabarda.