Talabalar imtiyozli chiptalarni onlayn xarid qilishlari mumkin

Endi chegirmali chiptani xarid qilishda guvohnoma talab etilmaydi.
Sputnik
TOShKENT, 21 mar — Sputnik. Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish “HEMIS” axborot tizimi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning platformasi bilan integratsiya qilindi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

chipta.railway.uz saytida bu platformaga kiritilgan talabalar chegirmali chiptani rasmiylashtirishlari mumkin. Xarid vaqtida buning uchun “Men talabaman” tugmasini bosish kerak.
Navro‘z bayrami munosabati bilan 2022-yil 21-martdan 23-martgacha davlat oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun elektron temir yo‘l chiptalarini xarid qilish sayti orqali barcha yo‘lovchi poyezdlarga chiptalar xarid qilish imkoniyati yaratilgan.