TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari (QK) yuqori aniqlikdagi raketalar bilan Ukrainaning Jitomir viloyatidagi xorijlik yollanma askarlar bo‘lgan bazaga zarba berishdi. Bu haqda Rosssiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov ma’lum qildi.
“Havo kuchlarining yuqori aniqlikdagi raketalari bilan Jitomir viloyatining Ovruch aholi punkti hududidagi Ukrainaga kelgan xorijlik yollanmalar bo‘lgan Ukraina Qurolli kuchlarining maxsus operatsiyalar kuchlarini tayyorlash markaziga zarba berildi. 100 nafardan ziyod maxsus operatsiyalarning harbiy xizmatchilari va xorijlik yollanmalar yo‘q qilindi”, - dedi u.
13 mart kuni Rossiya armiyasi yuqori aniqlikdagi qurol bilan Ukraina QKning Starichi aholi punkti va Yavorovskiy harbiy poligonidagi o‘quv markazlariga zarba bergan edi. Rossiya Mudofaa ma’lumotlariga ko‘ra, 180 nafargacha chet ellik yollanma jangchilar yo‘q qilingan.
Rossiya 24-fevral kuni Ukraina harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish va uni millatchilik g‘oyalaridan tozalash uchun maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, zarbalar faqat harbiy obyektlar va ukrain qo‘shinlariga berilmoqda. Har ikki tomondan qurbonlar bor.