Endi maktablar va bog‘chalarga ham yuridik xizmat ko‘rsatiladi

2022 yil 1-maygacha “E-huquqshunos” elektron tizimini texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida “call-markaz” tashkil qilinadi.
Sputnik
TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Maktablar va bog‘chalarga ham Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan xizmat ko‘rsatiladi. Bu haqda prezident imzolagan yangi qarorda ko‘zda tutilgan.
Qarorga muvofiq, 2022-yil 1-avgustdan bosqichma-bosqich Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tuman darajasidagi quyidagi idoralarga yuridik xizmat ko‘rsatadi:
mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi;
qishloq xo‘jaligi bo‘limi;
turizm va madaniy meros bo‘limi;
sportni rivojlantirish bo‘limi;
oila va xotin-qizlar bo‘limi;
davlat soliq inspeksiyasi;
aholi bandligiga ko‘maklashish markazi;
davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablari;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
davlat ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalar.
2022 yil 1-maygacha “E-huquqshunos” elektron tizimini texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash va maslahatlar berib borish maqsadida “call-markaz” tashkil qilinadi.
Ombudsman fuqarolar huquqlari buzilishining jiddiy sabablarini sanadi
2022 yil 1-dekabrgacha viloyat darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari hamda hokimliklarga Markazlar tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.