Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya bilan mojaro hech kimga kerak emas - Pentagon

AQSh Ukrainadagi jangovar harakatlarda qatnashmaydi va bu davlat ustidan parvozlarni taqiqlovchi hudud joriy qilmaydi – Pentagon rahbari.
Sputnik
AQSh Ukrainadagi jangovar harakatlarda qatnashmaydi va bu davlat ustidan parvozlarni taqiqlovchi hudud joriy qilmaydi, Rossiya o‘rtasidagi qarama-qarshilik hech kimga kerak emas, dedi Pentagon rahbari Lloyd Ostin.
“Prezident harbiylarimiz Ukrainadagi Rossiyaga qarshi janglarda ishtirok etmasligini haqida aniq aytdi”, - dedi Ostin.
Uning ta’kidlashicha, parvozlar taqiqlangan hududning tashkil etilishi AQShning bevosita ishtirokini anglatadi, chunki u rejimni buzganlarga qarshi chora ko‘rishga to‘g‘ri keladi.

"Bu biz Rossiyaga qarshilik ko‘rsatishimizni anglatar edi, gap ikki yadroviy derjava haqida ketmoqda. Hech kim buni ko‘rishni xohlamaydi. Bu mojaroga aralashish", - dedi Ostin.

Uning ta’kidlashicha, AQSh NATO davlatlari hududining "har bir qarichini" himoya qiladi.
24 fevral kuni Rossiya Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish bo‘yicha harbiy operatsiya boshladi. Qurolli kuchlar faqat harbiy infratuzilma va Ukraina qo‘shinlarini nishonga olayotganini aytmoqda. Har ikki tomondan qurbonlar bor.