Qirg‘iziston go‘sht va un eksport qilishni taqiqladi

Qirg‘izistondan ayrim turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini olib chiqishga vaqtinchalik taqiqlandi.
Sputnik
Qirg‘izistondan ayrim turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini olib chiqishga vaqtinchalik taqiq joriy etildi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston hukumat matbuot xizmatiga asosan.
Cheklov 6 oy davomida amal qiladi, tranzitga taalluqli emas. Choralar mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va oziq-ovqat mahsulotlari narxini barqarorlashtirish maqsadida qabul qilindi.
YeOII hududidan tashqariga eksport qilish mumkin emas: bug‘doy va meslin, bug‘doy uni, o‘simlik yog‘i, kungaboqar urug‘lari, shakar, tuxum, inkubatsiya uchun tuxum.
Qirg‘izistondan eksport qilish mumkin emas: qoramol go‘shti, yem (pichan, somon), arpa, suli.