O‘zbekiston artilleriyachilari dala yig‘inida o‘z mahoratlarini oshirdi

“Termiz” dala-o‘quv maydonida dala yig‘ini o‘tkazildi.
Sputnik
TOShKENT, 19 mar — Sputnik. “Termiz” dala-o‘quv maydonida Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari artilleriya va minomot bo‘linmalari ishtirokida dala yig‘ini o‘tkazildi, deb xabar qildi O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.
Yig‘inda asosiy e’tibor mutaxassislarning amaliy ko‘nikmasini oshirish, artilleriya batareyalari o‘rtasidagi hamjihatlikni mustahkamlash, komandirlarning bo‘linmalarni jangovar vaziyatlarda boshqarish mahoratini oshirishga qaratildi.
Dala yig‘ini davomida shaxsiy tarkibning o‘zaro tajriba almashish, turli vaziyatlarda jismoniy-ruhiy holati va chidamlilik sifatlarini mustahkamlash, shuningdek jangovar shayligini oshirish kabi masalalarga ham alohida urg‘u berildi.