Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

"Kinjal” raketalari bilan Ukraina armiyasining yer osti o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi

Rossiya "Kinjal” raketalar bilan Ukraina qo‘shinlarining yer osti o‘q-dorilar omborini yo‘q qildi.
Sputnik
Rossiya "Kinjal” raketalar bilan Ukraina qo‘shinlarining yer osti o‘q-dorilar omborini yo‘q qildi.
Ukraina qo‘shinlarining yer osti o‘q-dorilar omborini yo‘q qilish uchun birinchi marta “Kinjal” gipertovushli ballistik raketalardan foydalanildi, bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov ma’lum qildi.
“18 mart kuni “Kinjal” gipertovushli ballistik raketalar bilan Ivano-Frankovsk viloyati Delyatin qishlog‘ida Ukraina qo‘shinlarining raketalar va aviatsiya o‘q-dorilari saqlangan yirik yer osti ombori yo‘q qilindi”, - deyilgan bayonotda.
24 fevral kuni Rossiya Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish bo‘yicha harbiy operatsiya boshladi. Qurolli kuchlar faqat harbiy infratuzilma va Ukraina qo‘shinlarini nishonga olayotganini aytmoqda. Har ikki tomondan qurbonlar bor.