Rossiyadan pul o‘tkazmalari sezilarli darajada kamaymoqda - MB raisi

O‘rta muddatli istiqbolda hozir kuzatilayotgan yo‘qotishlar tarkibi o‘zgarishi va valyuta tushumlari qayta tiklanishi kutilmoqda - MB
Sputnik
TOShKENT, 18 mar - Sputnik. Mart oyida Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari sezilarli darajada kamaydi, deb xabar qildi Markaziy Bank raisi Mamarizo Nurmurodov.
Nurmurodov aytishiga ko‘ra, pul o‘tkazmalar hajmi kamayishiga nafaqat dollar kursi, balkim noaniqlik sharoiti ham sabab bo‘lgan.
– Mart oyidan buyon Rossiyadan pul o‘tkazmalari hajmi sezilarli darajada kamaymoqda. Xususan, 2022-yil mart oyining birinchi yarmida O‘zbekistonga yuborilgan pul o‘tkazmalarining umumiy hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan sezilarli pasayishi kuzatilmoqda, - dedi MB raisi.
- Biroq, pul o‘tkazmalarining qisqarishi faqat rublning qulashi tufayli sodir bo‘lganligini hali ham aniq aytish qiyin. Katta ehtimol bilan, yuqori darajadagi noaniqliklar bu yerda katta rol o‘ynaydi, bu mehnat muxojirlarining pul jo‘natish yoki yubormaslik qarorlariga ta’sir qiladi.
Shu bilan birga Nurmurodov o‘rta muddatli istiqbolda hozir kuzatilayotgan yo‘qotishlar tarkibi o‘zgarishi va qayta tiklanishi kutilayotganini ma’lum qildi.
"Rossiyada sanksiyalar natijasida yuzaga kelgan iqtisodiy vaziyat o‘rta muddatli istiqbolda pul o‘tkazmalari manbalarida tarkibiy o‘zgarishlar va ichki bozorimizda xorijiy valyuta taklifining tiklanishi kuzatiladi", - dedi rais.
Rossiya va Qozog‘iston valyutalarining dollarga nisbatan kurslari keskin kamayishi, albatta O‘zbekiston so‘miga ham bosim o‘tkazmoqda. So‘nggi bir oy ichida so‘m kursi 4% arzonlashishi kuzatilmoqda. Lekin O‘zbekiston Markaziy banki valyuta almashuv operatsiyalariga hech qanday cheklov o‘rnatish niyati yo‘qligini ma’lum qildi.
MB raisi xulosasiga ko‘ra, kelajakda so‘mning keskin qadrsizlanishini kutish kerak emas. Hozirgi vaziyat asosan aholining vahimalari oqibati.