Glava rossiyskogo MID nazval tex, kto nikogda ne podderjit politiku Zapada.
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQShning bugungi sanksiyalar siyosati nimadan darak berishini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sodir bo‘layotgan barcha voqealar faqat bir narsadan darak beradi - Amerika dunyoda yakkahokimlikka intilmoqda. Ular barcha davlatlar AQShga bo‘y sunishini xoxlaydi. AQSh o‘z manfaatlariga erishish uchun kuch ishlatishga ham tayyor. Buni NATO va YeI "mustaqilligining" yaqqol nishoni desa bo‘ladi.
Dunyo xaritasida Amerikalik sherifga hech qachon bo‘y so‘nmaydigan davlatlar ham bor. Bular - Xitoy, Hindiston, Braziliya, Meksika. Bu davlatlar hech qachon "Sem tog‘aga" chest bermaydi. Rossiya ham ushbu davlatlar qatoriga kiradi.
Rossiya 24-fevralda Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlaganidan so‘ng AQSh va Yevropa davlatlari Rossiyaga qarshi 2014-yilda qo‘llashni boshlagan iqtisodiy sanksiyalarning yangi to‘lqini boshlandi. Rossiyaning yirik banklari, aviakompaniyalari sanksiyalar zarbasi ostiga tushdi. Bir necha yirik kompaniyalar Rossiya bozoridan ketishini e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada o‘tkazilayotgan maxsus operatsiyaning maqsadi okkupatsiya qilish emas, balkim Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish, ya’ni millatchilardan tozalash dedi. Rossiya Mudofaa vazirligi uzoq masofadan turib berilayotgan zarbalar faqat Ukraina harbiy obyektlari, qurol-aslaha omborlari va millatchi batalonlar joylashgan joylarga berilayotganini ma’lum qildi.