TOShKENT, 17 mar - Sputnik. Xitoy OAV va Tashqi ishlar vazirliklari yo‘nalishi bo‘yicha AQShga biolaboratoriyalar haqida savollar berishda davom etmoqda.
"AQShning dunyo bo‘ylab 336ta biologik laboratoriyalari borligini ta’kidlashmoqda va AQSh rasmiylariga quyidagi savollar bilan murojaat qilmoqda.
Dunyoning turli burchaklarida joylashgan biolaboratoriyalar va Pentagon orasida qanday aloqa bor?
AQSh ushbu laboratoriyalar xavfsizligini qanday ta’minlamoqda?
Nima sababdan AQSh so‘nggi 20-yil davomida "Biologik qurolni ta’qiqlash to‘g‘risidagi konvensiya"ning tekshiruv mexanizmi yaratilishiga qarshilik qilib kelmoqda?
Fort-Detrikdaga laboratoriyaning koronavirus tarqalishiga qanday aloqasi bor?, - deb yozmoqda Xitoyning Qozog‘istondagi elchixonasi.
Eslatib o‘tamiz, Xitoyning "Jenmin jibao" gazetasi AQSh Fort-Detrikdagi maxfiy harbiy laboratoriyasini uning atrofida noma’lum pnevmoniya boshlanganidan nima sababdan so‘ng yopib qo‘ygani bilan qiziqdi. 2019-yil sentabr oyida biolaboratoriya joylashgan Merilend shtati hisobotida “elektron sigaret bilan bog‘liq pnevmoniya” holatlari ko‘payib borayotgani qayd etilgan edi.
Shu bilan birga, o‘sha yilning iyul oyida Fort-Detrik yaqinidagi qariyalar uylarida ham nafas yo‘llari kasalligi ko‘payib borayotgani aniqlangan. O‘sha oyda AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari laboratoriyaning yopilishini e’lon qilgan edi. Nashrning yozishicha, ushbu laboratoriyada nemis fashistlari va yapon 731 otradining bakteriologik qurollariga oid materiallar saqlangan.
"Nega AQSh bu biologik laboratoriyani yopib qo‘ydi? Ehtimoliy sabab - xavfli moddalar sizib chiqishi bo‘lishi mumkin. Lekin nima sizdirilgan? Va qay darajada?
Xitoylik jurnalistlar AQSh Milliy Sog‘liqni saqlash institutining COVID-19 2019-yil dekabr oyidayoq butun mamlakat bo‘ylab tarqalishi mumkinligi haqidagi bayonoti ham shubha uyg‘otishiga e’tibor qaratdilar.
Xitoy rasmiylari 2019-yilning 31-dekabrida Uxan shahrida noma’lum pnevmoniya avj olgani haqida Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini xabardor qildi.