Soliqchi jazolovchi emas, ko‘makchi bo‘lishi kerak - Shavkat Mirziyoyev

Sputnik
TOShKENT, 17 mar - Sputnik. Soliqchi - jazolovchi emas, ko‘makchi bo‘lishi kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev16 mart kuni bo‘lib o‘tgan soliq sohasini takomillashtirish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan majlisda.
Yig‘ilishda, prezident dunyodagi murakkab vaziyatda soliq tushumlari barqarorligini ta’minlash, tadbirkorlarga ko‘mak berish zarurligini alohida ta’kidladi.
- Bizga hozir tushum oshishi asosiysi emas. Birinchi navbatda, tizimni to‘g‘ri qilib, bilmaganlarga o‘rgatib, soliq yukini kamaytirib, tadbirkorlarning emin-erkin, halol ishlashini yo‘lga qo‘yishimiz kerak. Soliqchilar jazolovchi emas, ko‘makchi bo‘lishi kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev bosqichma-bosqich soliq yukini kamaytirish kerakligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Xususan, taraqqiyot strategiyasida belgilanganidek, 2026-yil borib iqtisodiyotga soliq yukini 25 %gacha kamaytirish maqsad qilingan. Shuningdek, 2023-yildan qo‘shilgan qiymat solig‘ini 12 %gacha tushirish, keyinchalik yer va mulk soliqlarini birlashtirish mo‘ljallangan.

Undan tashqari prezident soliq idoralari faoliyatida axborot texnologiyalarini keng joriy etish zarurligini ta’kidladi. Buning natijasida jarayonlar to‘liq avtomatlashtiriladi, "yashirin iqtisodiyot" hajmini kamaytirish uchun soliq to‘siqlari bartaraf etiladi, kadrlar salohiyati mustahkamlanadi, dedi davlat rahbari.
Soliq tizimi davlat korxonalarini transformatsiya qilishda faol ishtirok etishi, ularga tannarxni pasaytirish va moliyaviy barqarorlik bo‘yicha yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishi kerakligi aytildi.
Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie s nalogovikami
Ma’lumot uchun, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda soliq ma’muriyatchiligi tubdan isloh qilinmoqda. 2019-yil dekabrda yangi tahrirdagi Soliq kodeksi qabul qilinib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llanuvchi normalar joriy etildi. Soliqlar soni 13 tadan 9 taga kamaytirildi. Mulk solig‘i stavkasi 5 foizdan 1,5 foizga, qo‘shilgan qiymat solig‘i 20 foizdan 15 foizga tushirildi. Ish haqiga nisbatan soliq yuki qariyb 2 baravar kamaytirildi.
Bularning natijasida tadbirkorlarning islohotlarga ishonchi ortib, soliq tushumlari 4 baravar ko‘paydi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar soni 6 mingdan 152 mingtaga yetdi.