Navro‘z bayrami kunlari avtobuslar ish vaqti uzaytiriladi

Navro‘z bayrami nishonlanadigan kunlari poytaxt avtobuslari yakshanba uchun tasdiqlangan jadval ko‘ra ishlaydi.
Sputnik
TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Navro‘z bayrami munosabati bilan Toshkent shahri jamoat transportining ish vaqtiga o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" xabar qildi.
Unga ko‘ra, 21-mart (dushanba), 22-mart (seshanba), 23-mart (chorshanba) dam olish kunlari hisoblanadi. Shu kunlarda harakat yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadval asosida bo‘ladi. Yo‘nalishlardagi ish vaqtining tugashi bir soatga uzaytiriladi.
2022 yilgi Navro‘z umumxalq bayrami mamlakatda "Assalom, Navro‘z – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!" degan bosh g‘oya asosida umumxalq sayllari shaklida keng nishonlanadi.
Navro‘z Qoraqalpog‘iston, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, shuningdek, barcha shahar va tumanlar, qishloq va ovullarda umumxalq sayllari shaklida o‘tkaziladi. O‘z navbatida Toshkent shahridagi "Yangi O‘zbekiston" majmuasi alohida dasturlar asosidagi xalq sayllariga mezbonlik qiladi.
O‘zbekistonliklar 2022-yilda Navro‘z bayrami munosabati bilan 5 kungacha dam oladi.
Prezident farmoni bilan barcha xodimlar uchun 22-mart, seshanba va 23-mart, chorshanba kunlari dam olish kuni etib belgilangan.
Haftasiga besh kun ishlaydigan xodimlar uchun:
19 mart, shanba — dam olish kuni;
20 mart, yakshanba — dam olish kuni;
21 mart, dushanba — Navro‘z bayrami, dam olish kuni;
22 mart, seshanba — qo‘shimcha ishlanmaydigan kun;
23 mart, chorshanba — qo‘shimcha ishlanmaydigan kun bo‘ladi.
Haftasiga 6 kun ishlaydigan xodimlar esa 19-mart, shanba kunini hisobga olmaganda Navro‘z bayramida 4 kun dam oladi.